O‘zbekiston 2020-yilning 1-sentabr holatiga ko‘ra, Germaniyaga 5,4 million AQSh dollariga teng oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 722 ming AQSh dollariga ko‘p, deb xabar bermoqda Davlat statistika qo‘mitasi.

Foto: “Daryo”

Ma’lum qilinishicha, o‘tgan 8 oy mobaynida O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi savdo aylanmasi 483,6 million AQSh dollarini tashkil etgan. Bunda eksport 45,6 million va import hajmi 438,0 million AQSh dollariga teng bo‘lgan.

O‘zbekistonning Germaniyaga eksporti tarkibi:

  • xizmatlar – 30,9 million;
  • oziq-ovqat mahsulotlari – 5,4 million;
  • to‘qimachilik mahsulotlari – 4,5 million;
  • kimyoviy mahsulotlar – 2,4 million;
  • boshqa mahsulotlar – 2,4 million AQSh dollarini tashkil qilgan.

Avvalroq O‘zbekiston qancha oltin, kiyim-kechak, shaftoli, uzum, tarvuz va gilos eksport qilgani xabar qilingandi.