O‘zbekistonda 8-iyun kuni yana 199 kishida koronavirus tasdiqlandi, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati. Bu ko‘rsatkich 7-iyun kuni 199 nafar, 6-iyun kuni 242 nafar, 5-iyun kuni 286 nafar, 4-iyun kuni 238 nafarni tashkil etgandi.

Yangi kasallanish holatlarining

  • 4 nafari Andijon viloyatida,
  • 4 nafari Buxoro viloyatida,
  • 7 nafari Jizzax viloyatida,
  • 14 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 2 nafari Navoiy viloyatida,
  • 2 nafari Namangan viloyatida,
  • 12 nafari Samarqand viloyatida,
  • 3 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 5 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 3 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 1 nafari Xorazm viloyatida,
  • 32 nafari Toshkent viloyatida,
  • 110 nafari Toshkent shahrida

koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan. Shunday qilib, mamlakatda koronavirusga chalingani rasman tan olinganlar soni 102 362 nafarga yetdi.

Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, so‘nggi sutkada Buxoroda 9 nafar, Jizzaxda 14 nafar, Qashqadaryoda 11 nafar, Navoiyda 2 nafar, Namanganda 5 nafar, Samarqandda 23 nafar, Sirdaryoda 223 nafar, Surxondaryoda 3 nafar, Farg‘onada 7 nafar, Xorazmda 7 nafar, Toshkent viloyatida 30 nafar hamda Toshkent shahrida 316 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 98 445 nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 701 nafarni tashkil qilmoqda. Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3216 nafar bemor davolanyapti.