O‘zbekistonda 5-iyun kuni yana 286 kishida koronavirus tasdiqlandi, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Foto: SSV matbuot xizmati

Yangi kasallanganlarning:

  • 2 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 5 nafari Andijon viloyatida,
  • 6 nafari Buxoro viloyatida,
  • 6 nafari Jizzax viloyatida,
  • 10 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 5 nafari Navoiy viloyatida,
  • 7 nafari Namangan viloyatida,
  • 21 nafari Samarqand viloyatida,
  • 4 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 2 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 4 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 4 nafari Xorazm viloyatida,
  • 35 nafari Toshkent viloyatida,
  • 175 nafari Toshkent shahrida

koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan. Shunday qilib, mamlakatda koronavirusga chalingani rasman tan olinganlar soni 101 722 nafarga yetdi.

Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, so‘nggi sutkada Qoraqalpog‘istonda 7 nafar, Buxoroda 3 nafar, Jizzaxda 14 nafar, Qashqadaryoda 7 nafar, Namanganda 2 nafar, Samarqandda 23 nafar, Surxondaryoda 1 nafar, Farg‘onada 21 nafar, Xorazmda 2 nafar, Toshkent shahrida 117 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 97 714 nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3312 nafar bemor davolanmoqda.

Mamlakatda iyun oyida ham kunlik kasallanishlar soni 200 kishidan ortiq bo‘lmoqda. 4-iyun kuni 238 nafar, 3-iyun kuni 201 nafar, 2-iyun kuni 271 nafar, 1-iyun kuni 231 nafar kishida koronavirus aniqlangandi. Kunlik kasallanish bo‘yicha eng past ko‘rsatkich so‘nggi marta 31-may kuni qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda 160 kishida koronavirus tasdiqlangandi.