O‘zbekistonda 4-iyun kuni yana 238 kishida koronavirus tasdiqlandi, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati. Bu ko‘rsatkich 3-iyun 201 nafar, 2-iyun kuni 271 nafar, 1-iyun kuni 231 nafar, 31-may kuni 160 nafar, 30-may kuni 211 nafarni tashkil etgandi.

Yangi kasallanish holatlarining

  • 9 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 4 nafari Andijon viloyatida,
  • 4 nafari Buxoro viloyatida,
  • 6 nafari Jizzax viloyatida,
  • 6 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 2 nafari Navoiy viloyatida,
  • 2 nafari Namangan viloyatida,
  • 24 nafari Samarqand viloyatida,
  • 5 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 3 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 6 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 2 nafari Xorazm viloyatida,
  • 37 nafari Toshkent viloyatida,
  • 128 nafari Toshkent shahrida

koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan. Shunday qilib, mamlakatda koronavirusga chalingani rasman tan olinganlar soni 101 436 nafarga yetdi.

Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, so‘nggi sutkada Qoraqalpog‘istonda 21 nafar, Jizzaxd 5 nafar, navoiyda 4 nafar, Namanganda 1 nafar, Samarqandda 35 nafar, Surxondaryoda 1 nafar, Farg‘onada 4 nafar, Toshkent viloyatida 219 nafar va Toshkent shaharida 150 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 97 517 nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 696 nafarni tashkil qilmoqda. Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3223 nafar bemor davolanyapti.