O‘zbekistonda 7-iyun kuni yana 199 kishida koronavirus tasdiqlandi, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati. Bu ko‘rsatkich 6-iyun kuni 242 nafar, 5-iyun kuni 286 nafar, 4-iyun kuni 238 nafarni tashkil etgandi.

Yangi kasallanish holatlarining

  • 5 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 7 nafari Andijon viloyatida,
  • 5 nafari Buxoro viloyatida,
  • 4 nafari Jizzax viloyatida,
  • 19 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 3 nafari Navoiy viloyatida,
  • 6 nafari Namangan viloyatida,
  • 22 nafari Samarqand viloyatida,
  • 5 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 3 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 3 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 4 nafari Xorazm viloyatida,
  • 3 nafari Toshkent viloyatida,
  • 110 nafari Toshkent shahrida

koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan. Shunday qilib, mamlakatda koronavirusga chalingani rasman tan olinganlar soni 102 163 nafarga yetdi.

Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, so‘nggi sutkada Qoraqalpog‘istonda 14 nafar, Andijonda 24 nafar, Qashqadaryoda 12 nafar, Navoiyda 2 nafar, Namangan 4 nafar, Samarqandda 63 nafar, Surxondaryoda 4 nafar, Farg‘onada 8 nafar, Toshkent viloyatida 83 nafar hamda Toshkent shahrida 54 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 98 129 nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 699 nafarni tashkil qilmoqda. Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3335 nafar bemor davolanyapti.

Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning 6-may kuni ham O‘zbekistonda bir kunda 3 kishi koronavirus asoratlari oqibatida vafot etgan edi.