Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda 2 yil davomida 120 ming gektardan ziyod yer talon-toroj bo‘lgan yoki hokimlar tomonidan maqsadsiz berib yuborilgan. Bu haqda 9-iyun kuni AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida bosh prokuror o‘rinbosari Shavkatjon Rahimov ma’lum qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Uning aytishicha, 2 yilda prokurorlar tomonidan 7500 dan ortiq yerga oid qarorlarni bekor qilishga oid protest kiritilgan. Ma’muriy sudlar tomonidan yerga oid tuman hokimlarining 2500 dan ortiq qarori bekor qilingan.

Shavkatjon Rahimovning qo‘shimcha qilishicha, yerga oid qonunchilik bo‘yicha 588 nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, adliya vaziri Ruslanbek Davletov uyi “snos”ga tushganlar, harbiylar va boshqa imtiyozli, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga yer emas, pul berilishini, ya’ni imtiyozlar monetizatsiya qilinib, davlat subsidiya berishini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 3-iyun kuni yer munosabatlarini takomillashtirish masalalari yuzasidan o‘tkazgan yig‘ilishda yer resurslarini talon-toroj qilish, o‘zboshimchalik bilan egallash va noqonuniy sotish holatlari hali ham kuzatilayotganini, noqishloq va qishloq xo‘jaligi yerlarini ajratish tartibi barcha uchun bir xil va shaffof emasligini tanqid qilgandi. Prezident hokim qarori bilan nodavlat sektorga yer ajratish hamda yerlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri va tekinga berish amaliyoti bekor qilinishini ma’lum qildi.

Davlat rahbari 8-iyun, seshanba kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekistonda tadbirkorlik uchun yerlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri va tekinga berish amaliyotidan butunlay voz kechilishini aytdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiya bosh vaziri Mishustin O‘zbekistonga keldi (foto)
Dunyo
“Daryo” kundaligida 1-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Eronda mamlakat terma jamoasining JChdagi mag‘lubiyatini nishonlagan yigit otib o‘ldirildi