Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda tadbirkorlik uchun yerlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri va tekinga berish amaliyotidan butunlay voz kechiladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 8-iyun, seshanba kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda davlat rahbari so‘z yuritdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

“Shu paytgacha tadbirkorlar uchun og‘ir muammo bo‘lib kelgan – yer uchastkalarini ajratish masalasini hal qilish bo‘yicha farmonni imzoladim.

Endi tadbirkorlik uchun yerlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri va tekinga berish amaliyotidan butunlay voz kechiladi va yerlar hamma uchun bir xil va oshkora, elektron auksion orqali xususiy mulk qilib sotiladi yoki ijaraga beriladi. Tuman va shahar hokimlarining yer ajratish va ularni qaytarib olish bilan bog‘liq barcha vakolatlari bekor qilindi.

Tarixiy qarorlar qabul qilyapmiz. Yerni xalqqa bo‘lib beramiz, 10 yilga ijaraga beriladi, kam ta’minlangan, ishsiz yurgan odamlar olishadi. Bir necha marta hosil olishadi, hatto olgan g‘allasini ham o‘ziga qoldiramiz.

Endi vazifamiz faqat yer berish emas, o‘sha yerdan qanday daromad topishni o‘rgatishimiz kerak. Zamon o‘zgaryapti, biz zamondan orqada qolmasligimiz zarur. Yetishtirilgan mahsulotlar sotib olinadigan tizim yaratilishi kerak.

Bosh prokuror Yo‘ldoshev va bosh vazir o‘rinbosari G‘aniyev boshchiligidagi kengash farmonni amaliyotga joriy etish, ijrosini tashkil etish va nazorati bilan shaxsan shug‘ullanadi”, — dedi Prezident.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
Markaziy bank raisining kripto-aktivlar bo‘yicha ma’lumoti rad etildi