Yevro—2020 musobaqasiga tayyorgarlik ko‘rayotgan Belgiya va Xorvatiya terma jamoalari 6-iyun, yakshanba kuni o‘zaro o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi.
Bryusselda o‘tgan o‘yin taqdirini yagona gol hal qilib berdi. Uchrashuvning 38-daqiqasida Romelu Lukaku o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ygan holda jamoasining g‘alabasini ta’minladi.
Belgiya — Xorvatiya o‘yinida urilgan golni bu yerda ko‘rish mumkin — video.
O‘rtoqlik o‘yini
6-iyun, yakshanba
Belgiya — Xorvatiya 1:0
Gol: 1:0 — 38 — Lukaku.Belgiya – Kurtua, Alderveyreld, Vertongen (Vermalen, 46), Denayer, Kastan, Tilemans, Dendonker (Azar, 82), Shadli (Azar, 71), Karrasko (Doku, 82), Lukaku, Mertens (Vanaken, 68).
Xorvatiya – Livakovich, Barishich (Gvardiol, 46), Vrsalko, Chaleta-Sar, Vida, Brozovich, Kovachich (Vlashich, 61), Perishich (Orshich, 80), Modrich (Pashalich, 61), Rebich (Kramarich, 61), Petkovich (Brekalo, 70).
Izoh (0)