“Inter” prezidenti Stiven Jang Antonio Kontening klubdan ketishiga nima sabab bo‘lganini aytdi.
Pandemiya tufayli moliyaviy qiyinchiliklar boshlandi. 2019—2020-yillarda Yevropaning yirik klublari zarar ko‘rdi, xususan, “Inter”ning zarari 2 milliard yevroga yetdi. Bu omillar bizning rejalarimizni qayta ko‘rib chiqishga va boshqa joylardan resurslarni qidirishni boshlashga majbur qildi. Biz barcha variantlarni baholab, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda klubning moliyaviy strategiyasiga mos keladigan yo‘lni tanladik. Klubni sotib olish bo‘yicha takliflar bo‘lmadi, biz boshqa narsalarni qidiryapmiz. Bizning maqsadimiz xarajatlarni kamaytirish orqali moliyaviy muvozanatni tiklashdir, aks holda biz hech qachon yangi investorlarni topa olmaymiz.Eslatib o‘tamiz, Konte 26-may kuni “Inter” bosh murabbiyi lavozimidan ketgani e’lon qilindi. 2020/2021-yilgi mavsumda Milan klubi mutaxassis qo‘l ostida 11 yillik tanaffusdan keyin Italiya chempioniga aylangandi.Antonio Kontega kelsak, bizning vaziyatga bo‘lgan qarashlarimiz turlicha bo‘ldi. Bu esa hamkorlikni to‘xtatishga olib keldi. U uchun muhim bo‘lmagan narsalar klub uchun muhim edi. Konte — yuqori darajali murabbiy, ammo men prezident sifatida klub kelajagi va uning qudrati haqida o‘ylashim kerak.
Stiven Jang, “Inter” prezidenti