Keyingi hafta Londonda bo‘lib o‘tadigan Concours ko‘rgazmasida o‘tgan asrning 60-yillariga tegishli Vantage modifikatsiyasidagi uchta noyob Aston Martin DB5 sotuvga qo‘yiladi. Noyob sportkarlar yaxshilab restavratsiya qilinishi natijasida avtomobillarning ideal tashqi ko‘rinishi va texnik holati qaytarilgan. Uchala avtomobil 5,6 million dollarga baholanmoqda, deb xabar beradi Motor.

Foto: Car and Driver

1960-yillarga tegishli Aston Martin DB5 Jeyms Bond haqidagi filmlar sabab mashhurlikka erishgan. Britaniya sportkari rulini bir nechta aktyor boshqargan. Turli vaqtlarda u Shon Konneri va Deniel Kreygga ta’qibdan qochishga yordam bergan. Biroq 007 haqidagi filmlardan birida kuchli dvigatel o‘rnatilgan noyob Vantage modifikatsiyasidan foydalanish nasib etmagan. Aynan shu kabi Aston Martin’lar sotuvga qo‘yiladi.

Foto: Car and Driver

Xaridorlar kupe kuzovida yaratilgan DB5 Vantage’ning 40 ta o‘ng rulli modifikatsiyasini sotib olishi mumkin. Bundan tashqari, auksion orqali beshta kabrioletdan biri ham sotiladi. Yagona nusxadagi Aston Martin DB5 Vantage universali savdolarning eng noyob nusxasiga aylanadi. Modellarning barchasi yaxshilangan dvigatellari ajralib turadi, silindrlar bloki kallagiga kiritilgan o‘zgartirish sabab agregat standart DB5’lardan 43 ot kuchi ko‘proq — 325 ot kuchini taqdim etishga qodir. Modifikatsiyaga uchragan superkarlar soatiga 100 kilometr tezlikka 6,5 soniyada erishadi.

Foto: Car and Driver

Aston Martin’ga ixtisoslashgan Britaniyaning Nicholas Mee&Co. kompaniyasi vakillarining so‘zlariga ko‘ra, avtomobillar yaxshilab restavratsiya qilinishi natijasida ularga original kuzov rangi qaytarilgan, shuningdek, texnik agregatlari qayta tiklangan. Auksion davomida har bir noyob Aston Martin DB5 Vantage’ni 5,6—7,8 million dollarga sotish rejalashtirilmoqda.

Foto: Car and Driver

Foto: Car and Driver

Foto: Car and Driver