Hafta davomida O‘zbekiston va dunyoning turli burchaklarida olingan qiziqarli suratlarni taqdim etamiz.

Santa-Monikadagi qiz sovun pufaklariga qo‘l uzatmoqda. AQShdagi Xotira kunida koronavirus sabab o‘rnatilgan cheklovlar yumshatilgandan so‘ng birinchi marta Kaliforniya shtatining Santa-Monika shahri markaziga olomon yig‘ildi.

Foto: AFP

Toshkentdagi sobiq Milliy bog‘ hududida qurilgan Magic City ko‘ngilochar istirohat bog‘i 1-iyun kuni ochildi. Dastlabki kun bog‘ atrofidagi yo‘llarda yuzaga kelgan tirbandliklar sabab ayrim ko‘chalarda avtomobil harakati cheklandi.

Foto: “Daryo” / Muhammadamin Toshkandiy

Avstriyada 61-nargis guli festivali paytida ushbu gullar bilan qoplangan echki haykali o‘rnatilgan qayiq Grundlsey ko‘lida suzib ketmoqda.

Foto: AFP

Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatidagi “Sherobod anor impeks”ga tashrifi davomida korxona mahsuloti hisoblangan qovunni qo‘liga olib, uni hidlamoqda. Bu korxona anor bo‘lmagan paytda to‘xtab qolmay, meva-sabzavot va poliz mahsulotlarini saralab, bozorga chiqaradi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Hokimiyat to‘ntarilishiga qarshi namoyish paytida oyog‘idan ayrilgan 24 yoshli Ko Pyo Myanmaning Yangon shahri chetidagi uyda nogironlar aravachasida o‘tiribdi.

Foto: Reuters

Italiyadagi Yevropaning eng yirik faol vulqoni – Etnadan lava otilib chiqmoqda.

Foto: AP Photo

Toshkendagi Magic City bog‘ida qum o‘ynayotgan bolalar.

Foto: “Daryo” / Muhammadamin Toshkandiy

Sidneyda bo‘lib o‘tgan Avstraliya moda haftaligida dizayner Daniyel Avakianning namoyishi paytida podiumda yurgan model.

Foto: Getty Images

Xorazm viloyati Urganch shahrida uy qurilishida ishlayotgan usta.

Foto: “Daryo” / Musulmonbek Ibrohimov

Los-Anjeles yaqinidagi Uittiyer shahridagi Rio Hondo jamoat kolleji o‘quvchisi Veronika Kamacho bitiruv marosimida qatnashmoqda.

Foto: Reuters

Surxondaryoda Shavkat Mirziyoyev rasiligida o‘tkazilgan faollar yig‘ilishi boshlanishidan avval o‘z joyiga kelib o‘tirgan bosh vazir o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyev.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Falastin ozodlik tashkilotining Xalq fronti tomonidan G‘azo shahrida o‘tkazilgan miting paytida falastinlik ayol qurol ushlab turibdi. Bir haftadan ko‘proq vaqt oldin G‘azoning HAMAS harakati va Isroil o‘rtasida 11 kunlik urushni tugatgan sulh hozirgacha davom etmoqda, ammo sulhda mojaroni qo‘zg‘agan biron bir masala hal qilinmagan.

Foto: AP Photo

Surxondaryo viloyatining Termiz shahridagi ko‘chalardan birida ketayotgan velosipeddagi mahalliy aholi vakillari.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Xitoyning Nanning shahri yaqinida yomg‘irdan keyingi nilufar gul.

Foto: “TASS”

Bangladeshning Dakka shahridagi g‘isht zavodi ishchisi.

Foto: Getty Images

Surxondaryo viloyatining Termiz shahri ko‘chalaridan birida velosipedda ketayotgan keksa otaxon va bolakay.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Sankt-Peterburgdagi “Osmonda kechki ovqat” loyihasi ishtirokchilari.

Foto: AP Photo

Surxondaryo viloyatining Termiz shahridagi “Bolajon” istirohat bog‘ida farzandlarini kuzatib turgan ota-onalar.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

AQShning Meyn shtatidagi daryoda suzib yurgan seld baliqlari.

Foto: AP Photo

Toshkenda yangi ochilgan Magic City bog‘ida Disney kompaniyasining mashhur qasriga o‘xshatib qurilgan bino.

Foto: “Daryo” / Muhammadamin Toshkandiy

Meksikaning Puebla shtati Santa-Mariya yaqinidagi dalada fermerlar tomonidan topilgan chuqurning havodan ko‘rinishi.

Foto: AFP

Avstriyalik entomolog Gernot Kunz Albaniyaning Selenitsa shahridagi Vyosa daryosi bo‘yida hasharotlarni jalb qilish uchun ultrabinafsha nurlardan foydalanyapti.

Foto: Reuters

Fransiyaning Nitssa shahridagi koronavirus cheklovi sabab yopilgan uy hayvonlari uchun maxsus kafe darvozasidan qarab turgan mushuk.

Foto: Reuters

AQShning Kanzas-Siti shahrida havo shari fonida suhbatlashib turgan odamlar.

Foto: AP Photo

Turkiyaning Anqara shahridagi Kugulu bog‘idagi qora oqqush.

Foto: Getty Images

Sidneydagi moda haftaligida qatnashayotgan model.

Foto: Getty Images

Angliyaning Nyu-Brayton plyajida o‘rnatilgan bolalarning muzdan yasalgan haykallari. Muzli haykallar yaqinlashib kelayotgan COP26 global iqlim konferensiyasi oldidan o‘rnatildi.

Foto: Getty Images

London shahridagi Saatchi galereyasida bo‘lib o‘tgan “JR: Xronologiya” ko‘rgazmasida badiiy asarlarni tomosha qilayotgan ayol.

Foto: Getty Images

Pokistonning Lahor shahrida yozning issiq kunida kanalda cho‘milayotgan odamlar.

Foto: AFP

Xitoy Kommunistik partiyasining 100 yilligini nishonlash paytida dizayner Xu Sheguangning moda ko‘rgazmasida qatnashayotgan sahna ortida model.

Foto: Getty Images

Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan “Eng kuchli o‘t o‘chiruvchi” xalqaro tanlovining finali.

Foto: “TASS”

G‘azodagi Isroil havo hujumlari oqibatida katta zarar ko‘rgan mahallada do‘stlari bilan berkinmachoq o‘ynayotgan bola ko‘zlarini yumib sanoq sanayapti.

Foto: AP Photo

Flamenko raqqosalari Barselonada chiqish qilmoqda.

Foto: EPA

Xitoyning Yunnan provinsiyasidagi Eshon okrugiga qarab ketayotgan yovvoyi Osiyo fillari. 15 ta fil mamlakat janubi-g‘arbiy qismidagi qo‘riqxonadan 500 kilometr uzoqlikka ketib, katta Kunming shahriga yaqinlashmoqda. Hokimiyat ularni aholi zich joylashgan hududlarga kiritmaslik choralarini ko‘rishni boshlagan.

Foto: AP Photo

Rimda nishonlangan Respublika kunida samolyotlarning chiqishi fonida turgan chag‘alay.

Foto: “TASS”

Kongolik askar Nyiragongo vulqoni otilishi natijasida Gomadan evakuatsiya qilingan odamlarning xavfsizligini ta’minlagan holda sovugan lava ustida yurib ketmoqda.

Foto: EPA

NASA so‘nggi 20 yil ichida olingan 370 ta rasmdan iborat Somon yo‘li galaktikasi markazi suratini e’lon qildi.

Foto: NASA