Daryo

O‘zbekistonda dam olish kunlari anomal issiq ob-havo bo‘lishi davom etadi

Shanba va yakshanba kunlari yoz faslining boshi uchun me’yoriy qiymatlardan 7-10 darajaga yuqori bo‘lgan anomal issiq ob-havo bo‘lishi davom etadi

1 daqiqa o‘qish70 452 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

O‘zbekistonda dam olish kunlari yoz faslining boshi uchun me’yoriy qiymatlardan 7-10 darajaga yuqori bo‘lgan anomal issiq ob-havo bo‘lishi davom etadi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Kunduz kunlari havo harorati 40-43 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda 44-46 darajagacha isiydi. Kechalari esa 22-27  daraja atrofida, respublikaning cho‘l hududlarida ba’zi joylarda 30 darajagacha bo‘ladi.

“O‘zgidromet”ning qayd etishicha, havo harorati 2 metr balandlikda va soyada o‘lchanadi. Quyoshli va undan qizigan joylarda harorat undan ham yuqori bo‘lishi mumkin.

Respublika hududining katta qismida bu yozning eng issiq boshlanishidir. Xususan, Toshkentda shu yilgacha iyun oyining birinchi haftasida haroratning mutlaq (absolyut) maksimumi 37-39 darajadan oshmagan.

Dam olish kunlari respublika bo‘yicha shamol ba’zi joylarda changli bo‘ron bilan 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda. 5—6-iyun kunlari ayrim tog‘li hududlarda kechga tomon konvektiv bulutlilik rivojlanishida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 31-maydagi harorat mutlaq maksimumga yetgandi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 5-iyunda ham 46 darajagacha issiq bo‘lib, chang bo‘roni kuzatilishi mumkin

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar