Markaziy bank 7-iyundan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 8,36 so‘mga ko‘tarilib, 10 547,56 so‘mni tashkil qildi. Yevro 69,97 so‘mga pastlab, 12 779,42 so‘m bo‘ldi.
Bundan avval dollarning rasmiy kursi 11,54 so‘mga pastlab, 10 539,20 so‘mni tashkil qilgandi. O‘zbekistonda ushbu valyuta kursi olti kunlik pastlashdan so‘ng ko‘tarildi.
May oyida O‘zbekistondagi bir necha tijorat banklarida dollar kursi 10 650 so‘mga qadar ko‘tarilgandi, 4-iyun kuni banklarda dollar valyutasining so‘mga nisbatan kursi 10 600 so‘mdan pasaydi.
Izoh (0)