Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Meizu kompaniyasi o‘zining birinchi “aqlli” soati — Meizu Watch’ni rasman taqdim etdi. Yangi model korpusi 6000 seriyasidagi alyuminiy bo‘lagidan ishlangan va suv hamda changdan himoyalangan. Ekran himoyasini Gorilla Glass oynasi ta’minlaydi. Displeyning o‘zi esa 46 millimetrli AMOLED paneldan iborat, deb xabar beradi IXBT.

Foto: IXBT

Foto: IXBT

Qurilmaning orqa tomoni allergiyaga qarshi keramik yuzaga ega, korpusning o‘zi shunday ishlanganki, soatni taqqan foydalanuvchi uni deyarli sezmaydi.

Gadjet bir kristalli 12 nanometrli Qualcomm Wear 4100 platformasida yaratilgan va Android’ga asoslangan Flyme For Watch boshqaruviga ega. Flyme For Watch’ga 300 dan ortiq muhim o‘zgartirishlar kiritilgan, jumladan, ekrandagi kadrlar chastotasi 60 gertsga yetkazilgan. Ta’kidlanishicha, smartfonning soat bilan sinxronlashuvida Andoird va iOS’dan tashqari, HarmonyOS ham mavjud.

Foto: IXBT

Foto: IXBT

Meizu Watch’ga SIM-karta o‘rnatish mumkin, shu sababli foydalanuvchilar qurilmadan to‘liq avtonom foydalana oladi. Soatlarning o‘zi matnli xabarlarni, qo‘ng‘iroqlarni qabul qiladi va yuboradi. Qiziq jihati, metall hoshiya ichida LTE modemining antenna chiziqlari yo‘q, biroq bu signal qabul qilish sifatiga ta’sir ko‘rsatmasligi kerak.

Foto: IXBT

Foto: IXBT

Qurilmada, shuningdek, NFC moduli ham bor — uning yordamida xaridlarni amalga oshirish, shuningdek, eshiklarni ochish mumkin. Meizu Watch uyquni, stressni va qondagi kislorod miqdorini aniqlay oladi.

Soatlar avtonom ravishda 36 soat ishlay oladi, ammo tez quvvatlanadi — 45 daqiqada 100 foiz. Quvvatlantirish uchun magnit qotirgichga ega mitti ulanish stansiyasidan foydalaniladi — unga USB-C kabeli ulanadi.

Foto: IXBT

Foto: IXBT

Meizu Watch’ni 1-iyundan 235 dollar evaziga xarid qilish mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
YCHL. “Bavariya” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi, “Marsel” 5 ta gol urilgan o‘yinda “Sporting” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 4-oktabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Belgorod shahri osmonida noma’lum uchqun paydo bo‘ldi (video)