Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Redmi “aqlli” soatlari 1,4 dyuymli displey va 50 metrgacha chuqurlikdagi suvdan himoyalangan korpusga ega bo‘ldi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Soatlar standart funksiyalar jamlanmasiga ega — vaqtni ko‘rsatadi, jismoniy faollikni kuzatadi, mashg‘ulotlar natijasini yozib oladi (7 turdagi), smartfonda kelgan xabarlarni uzatadi. Shuningdek, yurak urishini o‘lchaydigan datchik mavjud, biroq GPS yo‘q, shu sababli ko‘chada yugurilganida harakat kuzatuvi aniq emas.

Xiaomi’ning va’da berishicha, Redmi Watch bir marta quvvatlanish orqali 12 kungacha ishlay oladi. Shu bilan birga, soatlar juda yengil — 35 gramm. Korpusida ovozli assistant bilan gaplashish uchun mikrofon va kontaktsiz to‘lovlar uchun NFC joylashgan.

“Aqlli” soat narxi 299 yuan (45 dollar). Xiaomi yangi gadjetini Xitoydan tashqarida sotish-sotmasligi hozircha noma’lum.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning iyun oyida Xiaomi Mi Band 5 fitnes-bilaguzugini taqdim etgandi. U bir marta quvvatlantirish bilan 1 oy ishlaydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Dunyo
Pablo Eskobar buyrug‘i bilan portlatilgan Boeing, “Nevskiy ekspress” poyezdidagi terakt va sovet hukumatiga qarshi boshlangan Slutsk qo‘zg‘oloni. Kun xronologiyasi...
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi