Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Yaponiyaning Casio kompaniyasi Google’ning Wear OS operatsion tizimi o‘rnatilgan G-Shock GSW-H1000 soatlarining yangi versiyasini taqdim etdi. U o‘zida klassik dizayn va zamonaviy funksiyalarni mujassam etgan, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Mazkur soatlarning asosiy o‘ziga xosligi ikkitalik displeyga egaligida. Yuqori qismiga monoxrom ekran o‘rnatilgan bo‘lib, u oddiy elektron soatlar kabi doim vaqt, sana va qo‘shimcha ma’lumotlarni ko‘rsatib turadi. Ushbu displey ostida yana bir rangli ekran mavjud — u “aqlli” funksiyalar va dasturlar bilan ishlash uchun kerak.

G-Shock’ning “aqlli” versiyasi kompas, pulsni o‘lchovchi datchik, shuningdek, jismoniy faollik va mashg‘ulotlar natijasini qayd etib boradigan boshqa funksiyalarga ega — sportning 24 turini qo‘llab-quvvatlaydi. Korpus suvdan himoyalangan bo‘lib, u bilan cho‘milish mumkin.

Shuningdek, monoxrom displey akkumulyator sig‘imini tejash imkonini beradi — “aqlli” funksiyalardan foydalanilmasa, u bir marta quvvatlanish orqali bir oy ishlay oladi. Mashg‘ulotlar, xabarnomalar va dasturlar bilan to‘laqonli rejimda ishlatilsa — 1,5 sutkaga yetadi.

“Aqlli” funksiyalar va ikkita displey sabab soat narxi sezilarli darajada ko‘tarilgan — AQShda u 699 dollardan sotiladi.

Avvalroq Porsche kompaniyasi yangi Lada Granta narxidagi soatlarni sotuvga chiqarishi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
YCHL. “Bavariya” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi, “Marsel” 5 ta gol urilgan o‘yinda “Sporting” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 4-oktabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Belgorod shahri osmonida noma’lum uchqun paydo bo‘ldi (video)