• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Mamlakat aholisining yarmini ortiq uyda olib o‘tirolmaymiz”. Saudiya Arabistonida ishlaydigan ayollar soni qay tarzda va nima sababdan ortib bormoqda?

    Saudiya Arabistonida ishlaydigan ayollar soni muttasil o‘sib bormoqda, deb yozadi Bloomberg. 1999-yilda ularning soni 500 mingdan kam bo‘lgan bo‘lsa, 2020-yilga kelib bu ko‘rsatkich qariyb 1,2 millionga yetdi.

    Foto: Getty Images

    Ayollarni uyda olib o‘tirish — bu mamlakat ortiq qurbi yetmaydigan dabdabaga aylandi. 35 yoshli valiahd shahzoda Muhammad ibn Salmon as-Saud tobora yaqinlashib kelayotgan neft zaxiralari tugashidan keyingi kelajakka tayyorgarlik ko‘rish uchun iqtisodiyotni tiklamoqda.

    Yashash narxining o‘sib borishi hukumatni benzin va elektr energiyasi uchun subsidiyalarni kamaytirishga, yangi yig‘imlar va soliqlarni joriy qilishga undamoqda. Shunday bir vaziyatda Saudiyadagi uy xo‘jaliklari ayollarning ishlashiga tobora qaram bo‘lmoqda.

    Xorijiy hukumatlar va inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlarning bosimiga duch kelgan mazkur davlat ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish orqali o‘z obro‘sini oshirmoqchi, ammo bu o‘zgarishlar faqat imij bilan cheklanib qolmagan, ular haqiqiy.

    Bir vaqtlar diniy politsiya tomonidan qat’iy tatbiq etilgan gender notengligiga nafaqat poytaxt elitalari orasida, balki Qosim kabi konservativ viloyatlarda ham asta-sekin barham berilmoqda.

    Endilikda qarindosh bo‘lmagan erkaklar va ayollar restoranlarda ochiq muloqot qilishi mumkin. Umumiy ofislar, shuningdek, musiqa festivallari, biznes va professional konferensiyalar tobora ko‘payib bormoqda.

    Iqtisodiyot ijtimoiy va iqtisodiy o‘zgarishlarni belgilaydi — urf-odatlar orqa planda qolib, ayollar hayoti tubdan o‘zgarib bormoqda.

    1999-yildan 2020-yilgacha Saudiya Arabistonida ish bilan ta’minlangan ayollar soni.

    1999-yildan 2020-yilgacha Saudiya Arabistonida ish bilan ta’minlangan ayollar soni.
    Foto: Spot

    Garchi qaror qabul qilish, asosan, erkaklar qo‘lida qolsa-da, besh yil davomida ayollarning iqtisodiyotdagi ishtiroki 19 foizdan 33 foizgacha o‘sdi.

    2015-yilda vafot etgan qirol Abdulloh davrida boshlangan islohot qadam-baqadam jiddiy o‘zgarishlarni amalga oshirayotgan shahzoda Muhammad davrida keskin tezlashdi — uning qo‘llab-quvvatlashi bilan diniy politsiyaning vakolatlari cheklanib, ayollarning avtomashina boshqarishiga qo‘yilgan taqiq bekor qilindi.

    Saudiya Arabistonining valiahd shahzodasi Muhammad ibn Salmon as-Saud.

    Saudiya Arabistonining valiahd shahzodasi Muhammad ibn Salmon as-Saud.
    Foto: Spot

    Shahzoda, shuningdek, mamlakatdagi vasiylik siyosatining o‘zgartirilishiga, ayollarga harakatlanish va tashqi ko‘rinish erkinligi ko‘proq berilishiga erishdi.

    “Aholining 50 foizini uyda olib o‘tirishing iloji yo‘q, bu iqtisodiy jihatdan beqaror holat”, — deydi Alnahda bosh mutaxassisi Salma Ar-Rashid.

    Shahzoda Muhammadning o‘zi ham shu fikrda. U kamdan kam intervyu beradi, lekin 2016-yildagi intervyusida u jamiyatning yarmini ayollar tashkil qilishini va ushbu yarim aholining samaradorligini oshirish istagida ekanini aytgan.

    Iqtisodiyotga ayollarni jalb qilish — “2030-yilga qadar maqsadlar ” dasturining asosiy tamoyillaridan biri.

    Ma’lumot uchun, Saudiya Arabistonining “2030-yilga qadar maqsadlar” dasturi mamlakatning neftga qaramligini kamaytirish, iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish va aholi sog‘lig‘i, ta’lim, infratuzilma, dam olish va turizmni rivojlantirish dasturidir.

    Mamlakatdagi ishsiz ayollarning uchdan ikki qismidan ko‘prog‘i bakalavr yoki undan yuqori darajaga ega. Shu sababli, ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish mantig‘i oddiy — bir necha o‘n yillar davomida hukumat ularning ta’limiga sarmoya kiritgan va endi bu sarmoyalar o‘z samarasini berishi kerak.

    Hammasi u qadar oddiy emas

    Mamlakatda erkaklar hukmronlik qiladigan sohalar hali ham yetarli, masalan, ishlab chiqarish, qurilish, sanoat. Biroq sog‘liqni saqlash, ijtimoiy faoliyat, san’at va ko‘ngil ochar, mehmonxona sanoati kabi sohalarda erkaklar va ayollarning nisbati, taxminan, 1:1 ni tashkil qiladi.

    Maoshlarda hanuzgacha farq bor — erkaklar ishlab topadigan har 100 rial ayollarda 57 rialga teng, hattoki ma’lumot va tajribadagi tafovutlar moslashgan taqdirda ham shunday. Farq yuqori darajali kasblarda ayniqsa seziladi. Kompaniyalar kengashlarida ayollar kam, Vazirlar Mahkamasida esa faqat erkaklar ishlaydi.

    “Ha, biz ayollar uchun ish topish oson, ammo yaxshi maosh beradiganini topish qiyin”, — deb tasdiqlaydi kiyim do‘koni sotuvchisi 23 yoshli Sahar. U oyiga 3500 rial oladi, ya’ni taxminan 933 dollar.

    Jamiyat rivojlanib borgan sari saudiyalik erkaklarning ayrimlari ayollar ularning ish joylarini va oila boshlig‘i sifatidagi an’anaviy rolini tortib olishi mumkinligidan xavotirga tushdi.

    “Men ayollarning ishga joylashishda ustuvor bo‘lishiga qarshiman. Fikrimcha, ayol kishi uni qo‘llab-quvvatlaydigan odam bo‘lmagan taqdirdagina ishlash kerak”, — deydi 25 yoshli tish shifokori Yazid.

    Holat qanchalik tortishuvlarga sabab bo‘lmasin, Saudiya Arabistonida ayollarni ish bilan ta’minlash holati avvalgidan ancha farq qiladi, deydi Bloomberg.

    Noxa Kattan Sport vazirligida dastlabki ayol xodimlardan biri bo‘lib ish boshlaganda, binoda hatto ayollar hojatxonasi ham bo‘lmagan. Hozirda u Madaniyat vazirligining milliy hamkorlik va rivojlanish bo‘yicha vazir o‘rinbosari bo‘lib ishlaydi, u yerda 667 ishchining 49 foizini ayollar tashkil etadi.

    Saudiya Arabistoni madaniyat vazirining o‘rinbosari Noxa Kattan.

    Saudiya Arabistoni madaniyat vazirining o‘rinbosari Noxa Kattan.
    Foto: Spot

    Kattanning ta’kidlashicha, Saudiya Arabistonida besh yil ichida ayollar hojatxonasi bo‘lmagan binodan ayollar huquqlari to‘g‘risidagi ochiqcha muloqotgacha yetib kelish — aqlbovar qilmaydigan rivojlanishdir.

    Mavzuga doir:

    • Bloomberg dunyo YaIM o‘sishini ishlayotgan ayollar ulushining oshishi bilan hisoblab chiqdi
    • Irlandiyada amaldor ayol birinchi marta tug‘ruq ta’tilini va lavozimini saqlab qolish huquqini oldi

    01.06.2021, 08:24   Izoh (0)   23897
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    AQSh Daniya internet kabeli orqali Angela Merkelni yashirincha kuzatishda ayblanmoqda

    31.05.2021, 22:58

    Qirg‘izistonda yana ikki nafar sobiq davlat amaldori korrupsiyada ayblanib hibsga olindi

    31.05.2021, 21:27

    Ryanair samolyoti bomba haqidagi xabar tufayli shoshilinch ravishda Berlinga qo‘ndi

    31.05.2021, 20:10

    Xitoyda oilalarga uch nafardan farzand ko‘rishga ruxsat berildi

    31.05.2021, 17:58

    Amerikalik olim COVID-26 va COVID-32 xavfi haqida ogohlantirdi

    31.05.2021, 16:59

    Misrda 7 kishida qora zamburug‘ aniqlandi. Hindistonda sariq zamburug‘ga chalingan ilk bemor vafot etdi

    31.05.2021, 16:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00

    Ilk bor ota bo‘lgan erkaklar miyasidagi o‘zgarishlar olimlarni hayratga soldi

    Layfstayl | 23 avgust, 13:50

    “Tottenhem” “Manchester Siti” futbolchisi uchun 70 mln yevro taklif qilmoqchi

    Sport | 23 avgust, 13:42

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    Dunyo | 23 avgust, 13:22

    Yuziga ajin tushishidan qo‘rqib, 40 yil tabassum qilmay yashagan ayol hozir qanday ko‘rinishda?

    Layfstayl | 23 avgust, 12:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.