Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Maktabgacha ta’lim vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyatining Urganch shahridagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan birining tarbiyalanuvchilardan biri muassasa xodimlarining e’tiborsizligi tufayli barmog‘ini kesib olgani to‘g‘risidagi tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.

Foto: Telegram

Foto: Telegram

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarda urganchlik Mohira Atajanova farzandi 2019-yilda tug‘ilgan Shohjahon Doschanov Urganch shahridagi “Osiyo bonu” nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanayotgani hamda nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlarining e’tiborsizligi tufayli barmog‘i qattiq jarohatlanib, kesilib ketganini ma’lum qilgan.

Ma’lum qilinishicha, holat bo‘yicha zudlik bilan Xorazm viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi rahbariyati bilan bog‘lanilib, vaziyatga oydinlik kiritilgan. Viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasining ishchi guruhi tomonidan ro‘y bergan holat yuzasidan o‘rganish ishlari o‘tkazilgan hamda 26-aprel kuni tarbiyachi va tarbiyachi yordamchisining e’tiborsizligi tufayli baxtsiz hodisa sodir etilgani tasdiqlangan. Tarbiyalanuvchiga jarohat yetganini ko‘rgan tarbiyachi bolani kasalxonaga yetkazgan.

“Osiyo Bonu” nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti hisoblanib, 35 quvvatga ega, bugungi kunda 22 nafar bola tarbiyalanmoqda. 2018-yilda tashkilotga o‘z faoliyatini yuritish uchun tegishli tartibda guvohnoma berilgan bo‘lib, shu vaqtga qadar nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bunday ko‘ngilsiz holatlar ro‘y bermagan.

Maktabgacha ta’lim vazirligi hozirda huquq-tartibot idoralari tomonidan tegishli tartibda o‘rganish tadbirlari o‘tkazilayotgani, qolaversa, sodir etilgan noxush holatga e’tiborsiz emasligini ma’lum qilgan.

“Sodir bo‘lgan voqea yuzasidan keyingi tafsilotlar huquq-tartibot organlari axborot xizmatlari tomonidan beriladi”, — deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan “Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyatini litsenziyalash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 241-son qarorga ko‘ra, ushbu “Osiyo Bonu” nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga ta’lim va tarbiya faoliyatini yuritish uchun litsenziya berilgan.

Avvalroq Farg‘onada bog‘cha bolalarini tinchlantirish uchun temir qoshiqdan foydalanib, 4 yoshli bolaning bir ko‘zidan ayrilishiga sababchi bo‘lgan tarbiyachiga sud hukmi o‘qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda Urug‘chilik hamda pistachilik ilmiy markazlari tashkil etiladi
Dunyo
Qirg‘izistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, bir kishi vafot etdi
Maslahatlar
Shirinliklar o‘rniga nima iste’mol qilish mumkin? Qaddi-qomatga zararsiz tavsiyalar