• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Avto

    O‘zbekistonda bir kunda yuz bergan beshta YTH oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi

    O‘zbekistonda 24-may, dushanba kuni yuz bergan beshta yo‘l-transport hodisasi oqibatida jami 15 kishi halok bo‘ldi. Qayd etish joiz, bunda faqat IIV, YHXBB va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan o‘tgan hafta — 24—30-may sanalari oralig‘ida e’lon qilingan hodisalar va raqamlar inobatga olingan. Aslida aynan bir kunda yuz bergan YTHlar va ulardagi qurbonlar soni ko‘proq bo‘lishi ham mumkin.

    Angrenda yuz bergan va kamida yetti kishining o‘limiga sabab bo‘lgan YTH.

    Angrenda yuz bergan va kamida yetti kishining o‘limiga sabab bo‘lgan YTH.
    Foto: “Daryo”

    Jumladan,

    • Surxondaryoning Sho‘rchi tumanida soat taxminan 02:15 da “Kamaz” va Damas ishtirokidagi YTH oqibatida Damas haydovchisi va uning yonida bo‘lgan yo‘lovchi halok bo‘lgan, shuningdek, Damas’ning ikki yo‘lovchisi (jumladan, 2-sinfda o‘qiydigan qiz) tan jarohati olib, reanimatsiyaga yotqizilgan;
    • Toshkentdagi Bunyodkor shoh ko‘chasining Chilonzor tumanidan o‘tgan qismida soat taxminan 4:45 da Spark haydab ketayotgan 36 yoshli F.Yu. boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishni ajratib turuvchi to‘siqqa borib urilgan va shifokorlarning urinishlariga qaramay, kasalxonada vafot etgan;
    • Toshkent viloyatining Angren shahrida soat taxminan 9:00 da dastlab Nexia-3 avtomobili yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqqa urilgan, shundan so‘ng shu yo‘nalishda orqadan harakatlanib kelayotgan mashinalar sekinlashgan vaqtda me’yoridan ko‘p yuk ortilgan MAN yuk mashinasi tormozi ishlamay qolib, uchta Lacetti, Nexia-2 va Cobalt bilan to‘qnashgan (Lacetti’lardan biri yonib ketgan), hodisa oqibatida yetti kishi halok bo‘lgan, 14 kishi tan jarohati olib, kasalxonaga yotqizilgan;
    • Xorazmning Yangiariq tumanida soat taxminan 17:30 da 39 yoshli haydovchi qoidaga xilof ravishda o‘ng tomondan quvib o‘tishga urinish vaqtida yo‘l chetidagi olti nafar 11-sinf bitiruvchilarini urib yuborib, ariqqa ag‘darilgan. Hodisa oqibatida uch nafar o‘quvchi hodisa joyida, bir nafari kasalxonada vafot etgan, yana ikki o‘quvchi og‘ir ahvolda shifoxonada yotibdi;
    • Namanganning Pop tumanida soat taxminan 18:00 da haydovchi J.J. Nexia avtomobilida harakatlanayotib, boshqaruvni yo‘qotgan va beton to‘siqqa urilib, pastlikka tushib ketgan. Oqibatda haydovchi hamda ikki yo‘lovchi — 20 yoshli A.R. va 35 yoshli A.Q.lar tan jarohatlari olib, tuman shifoxonasiga murojaat qilgan, yana bir yo‘lovchi Ya.B. esa jarohatlari sababli vafot etgan.
    Shunday qilib, bir kunda yuz bergan ushbu 5 ta YTH oqibatida jami 15 kishi halok bo‘lgan, 21 kishi tan jarohati olib, kasalxonaga yotqizilgan. Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 2021-yilning dastlabki to‘rt oyida davomida yuz bergan jami 2242 ta YTH oqibatida 557 kishi halok bo‘lgan (kuniga o‘rtacha 4,7 qurbon), 1684 kishi tan jarohati olgan.

    Rossiyadagi yo‘l-transport hodisalari muammosiga bag‘ishlangan “Karta DTP” notijoriy loyihasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilning 24-may kuni Rossiya yo‘llarida yuz bergan YTHlar oqibatida 20 kishi halok bo‘lgan

    Avvalroq Farg‘ona viloyatida may oyining bir haftasi davomida yuz bergan YTHlar oqibatida jami 20 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. Taqqoslash uchun, viloyatda 2021-yilning dastlabki to‘rt oyi (ilk 17 haftasi) davomida yuz bergan YTHlar oqibatida jami 64 YTH yuz bergan edi.

    Mavzuga doir: Farg‘onada bir haftada YTHlar oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi

    30.05.2021, 21:26   Izoh (0)   72463
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Farg‘onada bir haftada YTHlar oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi

    30.05.2021, 20:29

    Video: Dehqonobodda 3 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

    30.05.2021, 17:44

    Germaniyada Brejnevga tegishli bo‘lgan “Chayka” yana bir bor sotuvga qo‘yildi

    30.05.2021, 10:53

    Toshkentdagi Porsche Taycan avariyasi bo‘yicha rasmiy axborot berildi. Mashina Munisa Rizayevaning singlisiniki emas

    30.05.2021, 08:00

    Video: 12 soat muzlatkichda saqlangan Lexus kabrioleti

    29.05.2021, 18:55

    Samarqandda haydovchining uxlab qolishi oqibatida Isuzu yuk mashinasi daryo qirg‘og‘iga ag‘darilib ketdi

    29.05.2021, 10:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Yevropa o‘tmishda Afrikani talagan” — JAR prezidenti

    Dunyo | 5 iyul, 23:15

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “PSJ” 9 kishi bo‘lib “Bavariya”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 23:06

    USAID faoliyati to‘xtatilishi tufayli nigeriyaliklarga ochlik xavfi tahdid solmoqda — OAV

    Dunyo | 5 iyul, 22:47

    Sirdaryoda 892 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 22:22

    Superliga. “OKMK” Muborakda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 22:20

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05

    Toshkentda iyun oyida tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga nisbatan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan

    O‘zbekiston | 5 iyul, 20:28

    Makron Starmerdan Falastinni davlat sifatida tan olishni talab qilmoqda — Telegraph

    Dunyo | 5 iyul, 19:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.