• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shahrisabzda masjid hovlisida ayvon qurilishi nima sababdan to‘xtatilgani ma’lum qilindi

    Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida joylashgan “Hazrati Imom” masjidi hovlisida namoz o‘qish ayvoni ogohlantirilmasdan qurilayotgani uchun to‘xtatildi. Madaniy meros departamentiga ko‘ra, bu qurilish biror hujjat, loyihasiz olib borilgan. Bu haqda Madaniy meros departamenti boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Alibek Rasulovga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    Ta’kidlanishicha, departamentga Shahrisabz shahrining regeneratsiya loyihasini ishlash maqsadida may oyida xorijlik ekspertlar tashrifi amalga oshirilgan. Tashrifdan maqsad Shahrisabz tarixiy markazini regeneratsiya qilish hamda “Ko‘k gumbaz” masjidini ta’mirlash loyihasini ishlab chiqish bo‘lgan.

    “‘Hazrati Imom’ masjidida olib borilayotgan ayvon qurilishi vaqtida borib qoldik. Mazkur qurilish yuzasidan masjid mas’ul xodimlaridan biror hujjat, loyiha bor-yo‘qligini so‘raganimizda biror hujjat yoki loyiha taklif etishmadi. Bu holat xorijlik ekspertlar oldida biz uchun noqulaylikka sabab bo‘ldi. Biz bu ayvon qurilish holatini to‘xtatdik. Masjidning mas’ul xodimlaridan keyingi kunlarda ba’zi qismlarini buzishni so‘radik”, — deydi Alibek Rasulov.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    Ma’lum qilinishicha, qurilish ishlari departamentni ogohlantirmasdan qilingan. Shuningdek, Qashqadaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi Shahrisabz tarixiy markazi mas’ul xodimini ham ogohlantirmasdan, ishlar olib borilgan.

    “Madaniy meros xalqniki. Biz ularni kelajak avlodga bus-butun yetkazishimiz kerak. Bo‘layotgan qurilish ishlari merosga qandaydir ta’sir qilishi mumkin. Uning qaysidir qismi buzilishining oldini olish maqsadida biz qurilishni to‘xtatdik”, — deydi departament boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari.

    Qayd etilishicha, ayvon qurilishi namoz o‘qish uchun keladigan insonlarga qulaylik tug‘dirish maqsadida qilingan. “Lekin barcha narsada xat-hujjat degan narsalar bor. U qurilish masjid hovlisida bo‘lgan. Unda beton konstruksiyalardan foydalanilgan. Ekspertlar bilan yurganimizda ular madaniy meroslarda hech qachon beton, sement konstruksiyalar ishlatilmasligini e’tirof etishgan”, — deya qo‘shimcha qiladi u.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    “Gazeta.uz” so‘roviga ko‘ra, O‘zbekiston musulmonlari idorasining Qashqadaryo viloyatidagi vakili, viloyat bosh imom xatibi R.Usmonov holat yuzasidan ma’lumot bergan.

    Ma’lum qilinishicha, 2021-yilda “Hazrati Imom” jome masjidi hovlisining bir qismida, masjidning sharq tarafida hashar yo‘li bilan bo‘yi 27 metr, eni 12 metr bo‘lgan bo‘lgan zamonaviy ayvon qurilishi rejalashtirilgan. Ushbu yangidan qurilayotgan ayvon mazkur hududda joylashgan Jahongir Mirzo maqbarasidan 50 metr uzoqlikda, “Hazrati Imom” tarixiy masjidi binosidan 25 metr uzoqlikda joylashgan.

    “Mazkur ayvon binosi ushbu hududda joylashgan tarixiy obidalardan ma’lum darajada uzoqlikda joylashgani sababli ushbu obidalarga hech qanday zarar yetkazmaydi”, — deyiladi ma’lumotnomada.

    Qayd etilishicha, ushbu ayvonni “Hazrati Imom” jome masjidi xonaqohi 250 nafar, ayvoni 150 nafar, jami 400 nafar namozxon sig‘imiga egaligi va ushbu miqdor biroz torlik qilayotgani uchun hamda namozxonlarga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida qurish rejalashtirilgan.

    O‘zbekiston musulmonlari idorasining Qashqadaryo viloyatidagi vakili o‘rinbosari Muhammad Qorayev ayvon qurilishi to‘xtatilganini tasdiqlagan.

    Avvalroq Toshkentda Mingo‘rik arxeologik yodgorligining muhofaza hududida IIBB Ma’naviyat va ma’rifat markazi binosini qurish Madaniy meros departamenti va uning hududiy boshqarmasidan ruxsat olmasdan boshlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

    Mavzuga doir: 

    • O‘zbekistonda Turizm va sport vazirligi huzurida Madaniy meros agentligi tashkil etildi
    • Xivadagi Toshhovli saroyining beruxsat buzilgan devori tiklandi

    27.05.2021, 14:11   Izoh (0)   16247
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jahongir Ortiqxo‘jayev poytaxtdagi reklama bannerlari buzilayotgani to‘g‘risidagi savolni javobsiz qoldirdi (video)

    27.05.2021, 13:41

    “Trest-12” 5 trln so‘mga yaqin loyihalarni tendersiz amalga oshirgan — Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

    27.05.2021, 13:12

    O‘zbekistonda 28-may kuni harorat 42 darajagacha issiq bo‘ladi

    27.05.2021, 12:58

    Qoraqalpog‘iston tug‘ruqxonalariga YuNISEF va UNFPA tomonidan 1 mln dollarlik tibbiy asbob-uskunalar sovg‘a qilindi

    27.05.2021, 12:50

    Jizzaxda harakatlanayotgan Lacetti lyukiga chiqib olgan qiz jarimaga tortildi (video)

    27.05.2021, 12:36

    O‘zbekistonda koronavirusga qarshi vaksinaning 2-dozasini olganlar soni qariyb 500 ming nafarga yetdi

    27.05.2021, 12:17
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40

    AQSH hukumati Intel kampaniyasining 10 foiz ulushini sotib oldi

    Dunyo | 23 avgust, 09:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.