• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Suaresga atalgan mavsum, “yarador” “Real” va beqaror “Barselona”. La Ligada 2020/21-yilgi mavsum yakuni

    Yevropaning top-ligalari qatorida Ispaniya chempionatida ham 2020/21-yilgi mavsum yakunlandi. “Daryo” La Liganing ortda qolgan mavsumi qisqacha tahlilini taqdim etadi.

    So‘nggi soniyalargacha cho‘zilgan intriga

    So‘nggi yillarda “Real” va “Barselona”ning gegemoniyasiga o‘rganib qolgan ishqibozlar uchun bu mavsum o‘zgacha o‘tdi. Chempion nomi so‘nggi turgacha ham aniq bo‘lmadi. Bundan tashqari 37-turgacha ligani tark etadigan birorta jamoa nomi ma’lum emasdi.

    Foto: Getty Images

    Diyego Simeone jamoasi uzoq vaqt Primera peshqadamligini o‘zida saqlab turdi. Yanvar oyida “matraschilar” eng yaqin ta’qibchidan 11 ochko oldinda edi. Jamoa birinchi davrani shunchaki fantastik o‘tkazdi: 19 o‘yinda 16 g‘alaba, 2 durang va 1 mag‘lubiyat. Biroq ikkinchi davrada jamoa ketma-ket ochko yo‘qotishni boshladi. Mavsumning ikkinchi qismida Madrid jamoasi 3 ta mag‘lubiyat va oltita durang qayd etdi.

    Biroq ularning baxtiga “Real” va “Barselona” ham sinxron ravishda ochko yo‘qotishda davom etdi. Katta o‘yinlarni o‘z foydasiga hal qilishda tengsiz “Real” o‘rtamiyona darajadagi uchrashuvlarni ko‘p boy berib qo‘ydi. Shuningdek, jamoaga so‘nggi turlarda barqarorlik yetishmadi.

    Ketma-ket ikkita mavsumni yig‘lab tugatgan Luis Suares ertagi

    Ta’kidlash joiz, “Atletiko” mavsumni chempionlarga xos iroda bilan o‘tkazdi. Simeone jamoasi 11 ta uchrashuvni bitta to‘p farqi bilan yutishga erishdi. Ko‘plab o‘yinlarda jamoa o‘z darvozasidan to‘p olib chiqqach, natijani o‘zi tomonga burishga muvaffaq bo‘ldi. Va, albatta, bu borada Suaresdek “yirtqich”ning o‘rni beqiyos bo‘ldi.

    Foto: Twitter

    La Liganing 2020/21-yilgi mavsumdagi qahramoni, shubhasiz, Luis Suares bo‘ldi. “Barselona” ustozi Ronald Kumanga xush kelmagan hujumchi 2019/20-yilgi mavsum yakunida katalonlar safini ko‘z yoshi bilan tark etdi. Bu alamzadalik mavsum davomida Suares va “Atletiko”ga ko‘pincha foyda keltirdi. Urugvaylik tajribali futbolchi musobaqaning 11 ta o‘yinida “Atletiko”ga g‘alaba keltirgan gol muallifiga aylandi.

    Suares “Atletiko”ga o‘tish asnosida o‘z joyini topdi. Kutilganidek forvard o‘z mentalitetiga mos jamoa va murabbiy bilan ikkinchi yoshligini boshdan kechirmoqda.

    Luis “Valyadolid”ga qarshi kechgan so‘nggi tur o‘yinida ham jamoasini uch ochko keltirgan golni urdi. Bu gol “Atletiko”ga nafaqat g‘alaba, balki chempionlikni ham olib keldi. O‘yindan keyin Suares yig‘ladi va o‘tgan mavsum uni yerga urishganini ham bir eslab o‘tdi...

    Foto: Twitter

    “Real Madrid” va 60 jarohat

    Zinedin Zidan jamoasi bu mavsum Primerada raqiblari qatorida jarohatlar bilan ham kurashishiga to‘g‘ri keldi. Mavsum davomida jamoada 62 ta jarohat kuzatildi (ularning 13 tasi koronavirusga chalinish holati) — bu liga tarixidagi rekord natija hisoblanadi. E’tiborlisi, jarohatlarining deyarli yarmi mushaklar bilan bog‘liq bo‘ldi — bu klub uchun o‘tgan mavsumdagidan uch barobar, undan avvalgi uch mavsumdan ikki barobar ko‘p degandi. Buning ortidan jamoada ichki surishtiruv ishlari o‘tkazilgani haqida xabarlar yangradi.

    Foto: Getty Images

    Eden Azar, Serxio Ramos, Dani Karvaxal va Federiko Valverde mavsumning katta qismini lazaretda o‘tkazdi. Mavsumning ikkinchi yarmida Zidan himoya chizig‘ida kadrlar bilan bog‘liq jiddiy muammoga duch keldi. Markaziy himoyada muntazam rotatsiya qilishga to‘g‘ri keldi.

    Xullas, fransiyalik mutaxassisning shtabi uchun bu juda og‘ir mavsum bo‘ldi. Madridliklar “Barselona”ga qarshi ikkinchi davradagi klasiko Nacho—Militao — markaziy himoya juftligi bilan o‘tkazishga majbur bo‘ldi. Aprel boshidagi bu o‘yinda mavsum davomida Karvaxalning o‘rnini bilintirmay kelayotgan Lukas Vaskes ham jiddiy jarohat olib, mavsum oxirigacha safdan chiqdi.

    Zidanning baxtiga markazning tajribali futbolchilari — Kroos, Modrich va Kazemiro barqaror o‘yin namoyish qildi. Hujum chizig‘ida Karim Benzema katta ko‘lamli ish bajardi. Individual jihatdan olib qaraganda Benzema mavsumda eng yaxshilardan biri bo‘ldi.

    Yuqoridagilarni hisobga olganda mavsum “Real” uchun yomon bo‘lmagandek. Biroq jamoa 11 yil deganda ilk bor mavsumni sovrinsiz yakunladi. Bu esa “Qirollik klubi”da ko‘pincha kechirilmaydigan holat. Ayni vaqtda “Real”dagi asosiy intriga Zinedinning kelajagi bo‘lib turibdi. So‘nggi xabarlarga ko‘ra, mutaxassis o‘ylab olish uchun bir hafta muddat so‘ragan.

    Bartomeu davri asoratlari bilan kurashayotgan “Barselona”

    “Barselona” bu mavsumda beqaror natijalari bilan yodda qoldi. Ba’zi o‘yinlarda 5-6 talab gol urgan katalonlar keyingi turda ochko yo‘qotishi odatiy holga aylandi. Shuningdek, jamoa Messisiz deyarli hech nima qila olmasligi yana ko‘rinib qoldi. Argentinalik futbolchi mavsum davomida jamoa gollarining 1/3 qismiga muallif bo‘ldi.

    Foto: Getty Images
    Yozda Suaresning qo‘yib yuborilishi esa “yil qovuni” bo‘ldi. So‘nggi yillarda barqaror o‘yin ko‘rsatib kelayotgan markaziy hujumchi asosiy raqobatchilardan biriga deyarli tekinga berib yuborildi. Bu ishning unga munosib o‘rinbosar topilmasidan qilinishi esa haqiqiy bema’nilik bo‘ldi. Suares La Liga joriy mavsumida 21 ta gol urgan bo‘lsa, katalonlarning Breytueyt—Grizmann—Dembele hujum triosi birgalikda xuddi shu natijani qayd etdi.

    La Liga 2020/21-yilgi mavsumi yakunlari

    La Liga 2020/21-yilgi mavsumining yakuniy jadvali

    La Liga 2020/21-yilgi mavsumining yakuniy jadvali
    Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

    “Atletiko”, “Real”, “Barselona” va “Sevilya” Chempionlar Ligasiga yo‘llanma oldi. “Real Sosyedad” va “Betis” Yevropa Ligasida o‘ynaydi. “Vilyarreal” esa yangi tashkil etilgan Konferensiyalar Ligasida ishtirok etadi.

    Chempionatni “Ueska”, “Valyadolid” va “Eybar” tark etdi.

    La Liga 2020/21-yilgi mavsumning eng yaxshi to‘purarlari

    La Liga 2020/21-yilgi mavsumning eng yaxshi to‘purarlari
    Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

    La Liga 2020/21-yilgi mavsumning eng yaxshi assistentlari

    La Liga 2020/21-yilgi mavsumning eng yaxshi assistentlari
    Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

    Mavsumning eng yaxshi darvozaboni uchun topshiriladigan Samora sovrini Yan Oblakka nasib etdi. “Atletiko” posboni mavsumning 18 ta o‘yinida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

    Faktlar, statistika va raqamlar

    • Messi ketma-ket beshinchi marta La Liganing eng yaxshi to‘purari bo‘ldi;
    • Luis Suares “Barselona” va “Atletiko” safida Primerada g‘olib chiqqan uchinchi futbolchi bo‘ldi. Unga qadar David Vilya va Arda Turon bu natijaga erishgandi;
    • “Real” 11 yil deganda (2009/10-yilgi mavsum) ilk bor mavsumni sovrinsiz yakunladi. Shuningdek, jamoa birinchi marta Zinedin Zidan bilan mavsum davomida birorta sovrin qo‘lga kirita olmadi;
    • “Atletiko” 86 ochko to‘plagan holda chempionlikka erishdi. Bu 2008-yildan (“Real”, 85) beri kuzatilgan eng past ko‘rsatkich;
    • Yan Oblak (“Atletiko”) beshinchi marta La Ligada mavsumning eng yaxshi darvozaboni bo‘ldi;
    • “Barselona” 2007/08-yilgi mavsumdan beri ilk bor La Ligada kuchli ikkilikka kira olmadi;
    • “Atletiko” La Ligada “Real” va “Barselona”ning 6 yillik gegemoniyasiga chek qo‘ydi.

    Mavsum qahramonlari

    • Eng yaxshi o‘yinchi: Luis Suares (“Atletiko”);
    • Eng yaxshi murabbiy: Zinedin Zidan (“Real”);
    • Eng yaxshi yosh o‘yinchi: Pedri (“Barselona”);
    • Eng yaxshi transfer: Luis Suares (“Atletiko”).

    Mavsum ramziy terma jamoasi:

    Darvozabon: Yan Oblak (“Atletiko”);

    Himoyachilar: Kiran Trippyer, Mario Ermoso (ikkisi “Atletiko”), Jyul Kunde (“Sevilya”), Ferlan Mendi (“Real”);

    Yarimhimoyachilar: Kazemiro, Luka Modrich (ikkisi “Real”), Markos Lyorente (“Atletiko”);

    Hujumchilar: Lionel Messi (“Barselona”), Luis Suares (“Atletiko”), Karim Benzema (“Real”).

    “Daryo” talqiniga ko‘ra La Liga 2020/21-yilgi mavsum ramziy terma jamoasi

    “Daryo” talqiniga ko‘ra La Liga 2020/21-yilgi mavsum ramziy terma jamoasi
    Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

    Muallif: Nodirxon Hamidxonov

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    25.05.2021, 00:23   Izoh (0)   30079
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Boks. O‘zbekistonlik ikki bokschi Osiyo chempionatini g‘alaba bilan boshladi

    24.05.2021, 23:52

    Garet Beyl “Tottenhem”da “Real”dagi so‘nggi ikki mavsumdagidan yaxshiroq natija qayd etdi

    24.05.2021, 22:37

    Otabek Shukurov: “Biz o‘zbekmiz, arablardan ko‘ra chidamliroqmiz”

    24.05.2021, 20:59

    Ispaniya terma jamoasi Yevro—2020 uchun qaydnomani e’lon qildi. Tarkibda birorta ham “Real” futbolchisi yo‘q

    24.05.2021, 19:35

    Suares “Atletiko” uchun Messi “Barselona”ga bo‘lganidan ko‘ra muhimroq. Raqamlar buni isbotlamoqda

    24.05.2021, 18:02

    Robert Levandovski Yevropa “Oltin butsa”sini qo‘lga kiritdi. U Messi va Ronalduni ortda qoldirdi

    24.05.2021, 15:01
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Germaniya Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatadi

    Dunyo | 8 avgust, 23:45

    Toshkent viloyatida mashina ustiga chiqib salyut uchirgan bloger 7 sutkaga qamaldi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 23:30

    Braziliyada sigir uch kunda rekord miqdorda 343 litr sut berdi

    Dunyo | 8 avgust, 23:14

    Ukraina bilan urush boshlanganidan beri Qodirovlar oilasi 150 taga yaqin mukofot oldi

    Dunyo | 8 avgust, 22:50

    “Hech kim yo‘qligi uchun bergandim”: 5-sinf o‘g‘liga mashina rulini topshirib qo‘ygan otaga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:35

    Tramp ma’muriyati muhojirlarni Luiziana qamoqxonasiga joylashtiradi — WSJ

    Dunyo | 8 avgust, 22:25

    Toshkentda elektr taʼminotini yaxshilash uchun ikki yilda 2,8 trln so‘m sarflandi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:23

    O‘zbekistonda ishsizlik nafaqasi miqdori oshiriladi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:09

    Kutilmagan zarar: idish-tovoq yuvish geli bilan tozalash mumkin bo‘lmagan 5 ta buyum

    Ayollar sahifasi | 8 avgust, 21:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.