• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12509.83
    • RUB156.55
    • EUR14520.16
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Reklama

    Press-tur yakunlari: “O‘zmilliybank”ning Xorazm viloyatidagi faoliyati

    Press-tur ishtirokchilari dastlab O‘zbekiston iqtisodiyotiga munosib ulush qo‘shib, aholi bandligini ta’minlayotgan korxonalardan birining faoliyati bilan tanishdi.

    Urganch shahridagi “Urg tex” mas’uliyati cheklangan jamiyati yiliga 6 ming tonna ip-kalava ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lib, biznes loyihaga ko‘ra, u yerda 10 million AQSh dollaridan ortiq qiymatdagi mahsulot eksport qilinadi. Mahsulot eksporti asosan Xitoy, Turkiya, Rossiya davlatlariga amalga oshirilmoqda.

    Korxonada 450 nafar kishi mehnat qilmoqda. “O‘zmilliybank” tomonidan ajratilgan 8 million AQSh dollari miqdoridagi kredit evaziga Germaniya davlatidan zamon talablariga to‘liq javob beradigan dastgohlar olib kelib o‘rnatildi.

    Ma’lumotlarga qaraganda, yaqin kelajakda korxonada ip-kalava ishlab chiqarish bilan birga tayyor kiyim-bosh, trikotaj mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Natijada yana qo‘shimcha ravishda 400 nafar kishining doimiy ish bilan bandligi ta’minlanadi.

    “Urg tex” mas’uliyati cheklangan jamiyatining O‘zbekiston iqtisodiy salohiyatini oshirishda o‘ziga xos o‘rni bor. Qolaversa, yengil sanoat rivojida o‘ziga xos tarmoq bo‘lgan xomashyoni qayta ishlash va undan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hamda uni eksport qilish borasida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan dadil qadamlarning amaldagi ifodasidir.

    Navbatdagi manzil Xiva shahridagi Nurullaboy tarixiy majmuasi hududida joylashgan Xiva bank xizmatlari markazi bo‘ldi. Ta’kidlash kerakki, mazkur markaz tomonidan taklif etilayotgan xizmat turlari nafaqat mahalliy aholi, balki qadimiy Xivaning tarovatidan bahra olish maqsadida tashrif buyurgan sayyohlarning ham og‘irini yengil qilib kelmoqda.

    Ma’lumki, respublikaning aholiga qulay bo‘lgan hududlarida ixcham bank xizmatlari markazlari tashkil etilmoqda. Yangidan tashkil etilgan bank xizmatlari markazlari xodimlari tomonidan mijozlar va aholiga barcha turdagi bank xizmatlarini, shu jumladan, kreditlar ajratish, hisob raqamlarga xizmat ko‘rsatish, yuridik shaxslarga I-Bank dasturi va jismoniy shaxslarga “Milliy” mobil ilovasi orqali masofadan turib to‘lovlarni amalga oshirish, kredit mablag‘larini so‘ndirish, omonatlar ochish, online konvertatsiya qilish amaliyotlarining sifatli ko‘rsatilishi rejalashtirilgan.

    Xorazm viloyati yurtimizdagi turistik salohiyati rivojlangan hududlardan biri bo‘lib, sayyohlar, mahalliy ziyoratchilar ko‘p joyda, mehmonxonalar orasida sog‘lom raqobat yuzaga kelishi tabiiy hol. Navbatdagi manzil ham shunday sog‘lom raqobat muhitida mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatib kelayotgan Xiva Fayz mehmonxonasi hisoblanadi.

    Mazkur mehmonxona ish boshlaganiga ko‘p bo‘lmagan bo‘lsada, tashrif buyuruvchilar orasida ma’lum va mashhur hisoblanadi. “O‘zmilliybank” tomonidan mazkur mehmonxona qurilishi uchun 2 milliard 400 million so‘m kredit ajratilgan bo‘lib, mehmonxona bir vaqtning o‘zida 60 dan ortiq mijozga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega. Bugungi kunda mazkur mehmonxonada 20 ga yaqin xodim faoliyat yuritmoqda.

    Navbatdagi manzil esa Xivaning dunyoga mashhur Ichanqal’a majmuasi bo‘ldi. Ushbu majmua necha asrki sayyohlarni o‘ziga ohanrabodek tortib keladi. Qal’adan kunbotish tomonga besh yuz qadamcha yursangiz, Nurullaboy saroyiga borasiz.

    Bir necha yillar avval obida tarixiy vazifasidan ayro tushish asnosida, me’moriy ko‘rkini yo‘qotish darajasiga borgan edi. Majmua davlat rahbarining 2017-yildagi tashabbusiga asosan “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” aksiyadorlik jamiyati mablag‘lari hisobidan to‘la qayta ta’mirlandi. Prezidentning turizmni yanada rivojlantirish borasidagi qarorlari va 2017-yil 17-noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, saroyda xalq hunarmandligi namunalari ko‘rgazmasi tashkil etildi. Asrni qaritgan me’moriy obida asliyatni saqlagan holda tamomila yangilangan va yana ko‘plab asrlarni, avlodlarimiz va sayyohlarni o‘z ko‘rinishi, salobati bilan hayratga soladigan koshonaga aylandi.

    Ilgari Ichanqal’adagi ko‘kka bo‘y cho‘zgan Islomxo‘ja minorasi shaharning o‘ziga xos ramzi sanalar edi. Bugun bu ramz yoniga Nurullaboy majmuasi ham qo‘shildi va bu atama dunyoning barcha tillarida talaffuz qilinib, o‘ziga xos targ‘ibot vositasiga aylandi. Nurullaboy saroyi orqali qadimgi Xiva yanada bitmas-tuganmas milliy boylik egasiga aylandi.

    Press-turning ikkinchi kuni Xorazm viloyatining Tuproqqal’a tumanida joylashgan “New Best Style” MChJ faoliyati bilan tanishishdan boshlandi. Bugungi kunda Max Decor savdo belgisi ostida faoliyat olib borayotgan mazkur korxona o‘z faoliyatini 2019-yil dekabr oyida boshlagan bo‘lib, korxonaning mahsulotlari bugungi kunda nafaqat yurtimiz iste’molchilari balki qo‘shni davlatlar bozorida ham talabgir. Korxona Xitoy davlatining Kapros Group hamda Yien singari yetakchi gulqog‘oz ishlab chiqaruvchi korxonalari ko‘magida tashkil etilgan.

    Shuningdek, korxonaga “O‘zmilliybank” tomonidan ajratilgan 1 million 178 ming AQSh dollari miqdoridagi kredit evaziga Xitoy davlatidan gulqog‘oz ishlab chiqarish uskunalari liniyasi sotib olingan. Mazkur uskunalar yordamida bozor rastalariga yuqori sifat va nozik did bilan ishlangan gulqog‘oz mahsulotlari yetkazib berilmoqda.

    Korxona yiliga 750 ming dona gulqog‘oz ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lib, bugungi kunda korxonada 100 ga yaqin xodim faoliyat olib bormoqda.

    Korxonaning eksport hajmi yiliga 1800 ming AQSh dollariga yaqin qiymatdagi mahsulotlarni Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, BAA va Indoneziya davlatlariga yetkazib berishdan iborat.

    Xabaringiz bor, O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasi tarqalishining oldini olish yuzasidan bir qator tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti O‘zbekiston Respublikasida koronavirus pandemiyasi tarqalishiga qarshi kurash borasida davlat organlari hamda jamoatchilikning birgalikdagi sa’y-harakatlari bilan amalga oshirilayotgan ishlar, MDH davlatlari orasida eng yuqori ko‘rsatkichda tashkil etilganligini alohida e’tirof etgani ham amalga oshirilayotgan ishlarga berilgan ijobiy baho bo‘ldi. Karantin sharoitida fuqarolarimizning belgilangan tartib-qoidalarga rioya etayotganligi koronavirus pandemiyasi tarqalishini jilovlashda muhim omil bo‘lmoqda.

    Navbatdagi manzil, bugungi kunda karantin qoidalariga rioya etishda har bir yurtdoshimizning doimiy hamrohiga aylangan, bir martalik tibbiy qo‘lqoplarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi “Nur Muhammad Islom Obod” MChJ bo‘ldi.

    Tuproqqal’a tumanida joylashgan mazkur korxona “O‘zmilliybank” tomonidan ajratilgan 6 milliard so‘m miqdoridagi kredit evaziga Xitoy davlatidan bir martalik lateksli qo‘lqoplar ishlab chiqarish uskunalari liniyasini xarid qilgan. Bir martalik tibbiy qo‘lqoplarni ishlab chiqarish uchun xomashyo asosan Xitoy va Tayland davlatlaridan olib kelinadi. Korxona yiliga 20 million juftga yaqin bir martalik qo‘lqoplarni ishlab chiqarish quvvatiga ega.

    Bugungi kunda korxonada 50 ga yaqin xodim faoliyat yuritmoqda. Korxonaning eksport geografiyasi Rossiya, Qozog‘iston va Qirg‘iziston kabi davlatlarni qamrab olgan bo‘lib, 500 ming AQSh dollari miqdoridagi mahsulot eksportga yo‘naltirilgan.

    Reklama huquqi asosida.

    24.05.2021, 18:00   Izoh (0)   27259
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Aviapark biznes markazi shunchaki ijara uchun mo‘ljallangan joy emas!

    24.05.2021, 15:00

    Afsonaviy Coca-Cola bankachalari endi O‘zbekistonda ishlab chiqarilmoqda

    24.05.2021, 12:00

    Olmazor Business City turar joy majmuasidagi tijorat ko‘chmas mulkini xarid qilishga shoshiling!

    24.05.2021, 09:00

    Iste’molchilar va ekspertlar Gross Insurance kompaniyasini 2020-yil brendi sifatida tanladi

    23.05.2021, 15:00

    Toshkent shahrida Mebel park brendi ostida yangi mebel markazi ochildi

    23.05.2021, 12:00

    Alfraganus savdo majmuasi — foydali maydonni ikki baravar oshirish imkoniyati

    23.05.2021, 09:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42
    Audio Icon

    Kosmosdan quruqlikkacha: AQSHning “Oltin gumbaz” raketa qalqoni 4 qatlamdan iborat bo‘ladi

    13 avgust, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yerning bir qismi sovib ketmoqda. Olimlar sababini ochiqladi

    Dunyo | 13 avgust, 16:40

    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!

    Reklama | 13 avgust, 16:30

    Bekhem, Ouen, Bellingem va Trent Aleksander-Arnold. “Real” safida to‘p surgan angliyalik futbolchilar

    Futbol | 13 avgust, 16:37

    Kremniy vodiysi “aqlli” avlod yaratishga 50 ming dollargacha sarflamoqda — WSJ

    Dunyo | 13 avgust, 16:20

    O‘zbekistonda dollar kursi 12 500 so‘mdan tushdi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 16:09

    Jonni Depp qaroqchi Jek Chittak roliga qaytishga tayyor — biroq bitta shart bilan

    Kino | 13 avgust, 15:58

    O‘zbekistonda aralash mato va gazlama 2028-yilgacha bojxona bojidan ozod etiladi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 15:49
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.