UFC promousheni Toshkent vaqti bilan 16-may tongida AQShning Xyuston shahrida (Texas shtati) o‘zining navbatdagi raqamli musobaqasini o‘tkazadi.

Foto: Google Images

UFC 262 musobaqasining asosiy jangida yengil vazn toifasi jangchilari Charlz Oliveyra (30-8) hamda Maykl Chendler (22-5) chempionlik kamari uchun oktagonga ko‘tariladi. Qayd etish joiz, ushbu vazn toifasidagi chempionlik kamari Habib Nurmagomedov faoliyatini yakunlaganidan so‘ng vakant bo‘lib turibdi.

Musobaqaning yana bir asosiy jangi esa Toni Fergyuson (25-5) hamda Beneil Dariush (20-4-1) o‘rtasida kechadi.

UFC 262 musobaqasi O‘zbekiston telekanallari tomonidan jonli efirda namoyish etilmaydi.

Musobaqa janglari videosini bu yerda tomosha qilish mumkin bo‘ladi — ko‘rish.

UFC 262 musobaqasi juftliklari bilan tanishing:

Asosiy kard:

Charlz Oliveyra—Maykl Chendler

Toni Fergyuson—Beneil Dariush

Mett Shnel—Rojeriu Bontorin

Ketlin Chukagyan—Vivian Arauju

Sheyn Burgos—Edson Barboza

Prelim kard

Ronaldu Souza—Andre Muniz

Lando Vannata—Mayk Grandi

Jordan Rayt—Jeymi Pikett

Andrea Li—Antonina Shevchenko

Kevin Agilar—Taker Luts

Kristos Giagos—Shon Soriano

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!