Toshkentda 2021-yil 11-may kuni Xristian dinining “Ota-onalarni xotirlash” tadbirlari o‘tkazilishi munosabati bilan, xristian diniga mansub aholining transportga bo‘lgan ehtiyojini qondirish va yo‘lovchilar tashish uzluksizligini ta’minlash maqsadida, shahardagi metro stansiyalaridan va aholi ko‘p yig‘iladigan bekatlardan 1, 2, 3-sonli qabristonlargacha qatnovchi bir kunlik avtobus yo‘nalishlari tashkil etiladi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” xabar qildi.

Foto: “Daryo”

Vaqtinchalik avtobuslar quyidagi yo‘nalishlarda yo‘lga qo‘yiladi:

Yo‘nalish raqami:

  • K-1 Mashinasozlar metrosi—1-sonli qabriston (Botkin);
  • K-2 Olmazor metrosi—2-sonli qabriston (Do‘mbirobod);
  • K-3/1 Buyuk Ipak yo‘li metrosi—3-sonli qabriston (O‘rtasaroy);
  • K-3/2 Qo‘yliq dehqon bozori—3-sonli qabriston (O‘rtasaroy).

Avtobus soni:

  • 3 ta Isuzu “2-avtobus saroyi” MChJ;
  • 4 ta Isuzu “7-avtobus saroyi” MChJ;
  • 4 ta MAN “5-avtobus saroyi” MChJ;
  • 4 ta MAN “1-avtobus saroyi” MChJ.

Mazkur tashkil etilgan bir kunlik yo‘nalishlar 07:00 dan 18:00 ga qadar harakatini davom ettiradi.

Bundan avval Toshkentda yakshanba kunlari qator yo‘nalishlardagi Mercedes’lar o‘rnida Isuzu’lar qatnashi, Toshkentda tarovih namozi munosabati bilan har Ramazon oqshomida qator avtobuslar yo‘nalishi o‘zgargani hamda Toshkentda mart oyida eng ko‘p yo‘lovchi foydalangan avtobus yo‘nalishi qaysi ekani ma’lum qilingani haqida xabar berilgandi.