Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkentda mart oyida 131-avtobus yo‘nalishidan eng ko‘p yo‘lovchi foydalandi. 196-sonli yo‘nalishi esa eng kam yo‘lovchi tashidi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” axborot xizmati ma’lum qildi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Eng ko‘p foydalanilgan yo‘nalishlar:

  • 131-sonli yo‘nalish — 262 101 ta;
  • 58-sonli yo‘nalish — 221 868 ta;
  • 147-sonli yo‘nalish — 165 791 ta.
Eng kam foydalanilgan yo‘nalishlar:
  • 196-sonli yo‘nalish — 1 145 ta;
  • 113-sonli yo‘nalish — 6 554 ta;
  • 184-sonli yo‘nalish — 7 276 ta.
Toshkentdagi 129 ta yo‘nalish bo‘yicha mart oyida jami 9 894 646 nafar yo‘lovchi tashilgan.

Bundan avval “Toshshahartransxizmat” poytaxt uchun 50 ta elektrobus sotib olishni rejalashtirayotgani, Toshkentda jamoat transporti uchun alohida ajratilgan birinchi yo‘l qanday ko‘rinishda bo‘lishi namoyish etilgani hamda Toshkentda avtobuslar ishtirokidagi YTHlar so‘nggi 10 yil ichida to‘rt barobarga kamaygani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Mahalliy
Vazirlikning 8 mlrdga tushgan sayti, qashqadaryolik ota-o‘g‘ilning Toshkentni “lol qoldirgan” qilmishi: “Daryo”da hafta dayjesti
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi