“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu mavsum so‘ngida jamoani tark etmoqchi.
Football Italia ma’lumotlariga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi o‘z agenti Jorje Mendeshdan 2021/22-yilgi mavsum uchun yangi klub qidirish jarayonini boshlashni so‘ragan.
Qayd etilishicha, 36 yoshli futbolchining kayfiyati “Yuventus”ning Chempionlar Ligasi 1/8 finalida “Portu”ga mag‘lub bo‘lganidan keyin yomonlashgan va jamoadan ketish haqida o‘ylay boshlagan.
Avvalroq “Yuventus” 60 million yevrolik taklif bo‘ladigan bo‘lsa, Ronalduni qo‘yib yuborishga tayyor ekanligi va futbolchiga PSJ hamda “Manchester Yunayted”dan qiziqish borligi haqida xabar berilgandi.
2018-yilning yozida 117 million yevro evaziga “Real”dan Turin klubiga o‘tgan Ronaldu Italiya A Seriyasining 2020/21-yilgi mavsumida 29 ta o‘yin o‘tkazib, 25 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Izoh (0)