Markaziy bank 30-apreldan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 5,93 so‘mga pastlab, 10 509,11 so‘mni tashkil qildi. Yevro 47,49 so‘mga ko‘tarilib, 12 735,99 so‘m bo‘ldi.
Bundan avval dollarning rasmiy kursi 14,47 so‘mga pastlab, 10 515,04 so‘mni tashkil qilgandi. O‘zbekistonda ushbu valyuta kursi qatorasiga uchinchi kun pastladi.
Eslatib o‘tamiz, Markaziy bankning bazaviy prognozlariga ko‘ra, 2021-yil yakuni bo‘yicha inflyatsiya 9—10 foiz bo‘lishi kutilmoqda. Markaziy bank Moliya vazirligining prognozlariga qaramay, 2023-yilda inflyatsiya 5 foizga yetishiga ishonmoqda.
Izoh (0)