• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Reklama

    “Agrobank” O‘zbekistonda birinchi bo‘lib qishloq xo‘jaligi uchun 100 kitob to‘plamini taqdim etdi

    “Agrobank” ATB tashabbusi bilan chop etilgan 100 kitob to‘plami taqdimoti kecha 28-aprel kuni, poytaxtdagi Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida bo‘lib o‘tdi. Bo‘lib o‘tgan taqdimotda “Agrobank” ATB mas’ul xodimlari, loyiha mualliflari, olimlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

    Ta’kidlash o‘rinliki, prezidentning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida keltirilganidek, kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini ko‘paytirishda eng tez natija beradigan omil bu – qishloq xo‘jaligida hosildorlik va samaradorlikni keskin oshirish.

    Darhaqiqat, jahon miqyosda aholining oziq-ovqat xafsizligini ta’minlashda agrar sohaning o‘rni va ahamiyati hamda global bozorlardagi maydonlarda asosiy oziq-ovqat mahsulotlari uchun xomashyo hisoblangan bug‘doy, soya, makkajo‘xori narxi oshib bormoqda.

    Dunyo bozorlarida yuzaga kelayotgan bu kabi holatlar mavjud resurs va imkoniyatlardan oqilona foydalanib, hosildorlik va manfaatdorlikni yanada oshirish, sohaga ilm-fan yutuqlari hamda zamonaviy yondashuvlarni joriy etish dolzarblik kasb etmoqda. “Agrobank” ATB respublika qishloq xo‘jaligi sohasining rivojlanishiga hissa qo‘shish uchun nafaqat moliyaviy, balki ijtimoiy loyihalar bilan ham agrar sohaga sarmoya kiritishi e’tiborga molikdir.

    Xususan, bank tashabbusi bilan qishloq xo‘jaligida zamonaviy bilimlarni tatbiq etish, sohada fermerlar, tadbirkorlar, dehqon xo‘jaliklari va aholi uchun sodda, tushunarli bo‘lgan metodologik qo‘llanmalarni tayyorlash loyihasi amalga oshirildi. Ushbu loyihani boshlashda Turkiya Respublikasida qishloq xo‘jaligining turli yo‘nalishlari bo‘yicha tayyorlangan o‘quv to‘plamlari o‘rganib chiqildi.

    Bu kabi qo‘llanmalar shu kungacha O‘zbekistonda alohida to‘plam shaklida tayyorlanmagan. Mahalliy olimlar tomonidan tayyorlangan kitoblar cheklangan nashrda chop etilgan, keng foydalanuvchilar qo‘liga yetib bormasdan, asosan ilmiy mutaxassislar va talabalar tomonidan o‘rganilgan.

    Erkin Qahhorov, “Agrobank” boshqaruvi raisi o‘rinbosari:

    “Respublikadagi olimlar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilariga har tomonlama qulay va O‘zbekiston iqlimiga mos 100 kitobdan iborat to‘plam yaratish loyihasi ustida ish olib borildi. Bu loyihani amalga oshirishda “Agrobank” qoshida ilmiy guruh tashkil etildi va 120 nafardan ortiq soha mutaxassislari, olim va o‘qituvchilar jalb etildi.

    Dastlabki bosqichda, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti bilan hamkorlikda Turkiyadan olib kelingan qo‘llanmalar 20 nafar tarjimonlar ishtirokida o‘zbek tiliga tarjima qilindi. Keyingi bosqichda 7 ta ilmiy muassasalardan 41 nafar ilmiy xodimlar, professor va o‘qituvchilar jalb qilindi hamda mahalliy olimlarning ilmiy salohiyati asosida yurtimiz iqlimi va tabiatiga mos qo‘llanmalar tayyorlandi.

    So‘ngra tayyorlangan qo‘llanmalar 52 nafar soha mutaxassislari tomonidan ilmiy hamda 4 nafar muharrirlar guruhi tomonidan taqrizdan o‘tkazilib, dizaynerlar tomonidan yakuniy chop etish holatiga keltirildi. To‘plamda qishloq xo‘jaligi sohasi, jumladan, meva-sabzavot va poliz ekinlari, g‘allachilik, don hamda dukkakli ekinlar, chorvachilik, baliqchilik, asalarichilik kabi tarmoqlarning eng ilg‘or tajribalariga oid, keng qamrovli ilmiy, amaliy ma’lumotlar jamlandi.

    Bu to‘plamda mahsulotlarni yetishtirishdan tashqari kasalliklarga qarshi kurashish, mineral va mahalliy o‘g‘itlar turlari, qishloq xo‘jaligi texnikalari to‘g‘risida ham ma’lumotlar berilgan. Ushbu kitoblarni tayyorlash va chop etish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlar “Agrobank” tomonidan moliyalashtirildi.

    Kitoblarni hayotga tatbiq etganimizdan so‘ng shuni bildikki, ya’ni qishloq xo‘jaligiga ilm fan bilan yondashish, ishlab chiqish va integratsiya qilish uchun nafaqat kitob, balki yoshlarimizni o‘qitishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ydik. Shu bilan bizning ikkinchi loyihamiz — fermerlar maktabi loyihasiga start berdik. Bugundan boshlab, O‘zbekiston Respublikasining 18 va 35 yosh oralig‘idagi fuqarolariga fermermaktabi.uz saytidagi so‘rovnomada qatnashib, bevosita maktabda o‘qish imkoniyatini yaratib berdik”.

    Aynan Turkiya tajribasini o‘rgandik, deb aytdingiz? Turkiya o‘zini qanchalik oqladi va bu bizda qanchalik foydali bo‘ladi?

    Turkiya sharoitida bu shunchalik o‘zini oqlaganki, hozir taqdimotda e’tibor bergan bo‘lsangiz, Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Alisher To‘rayev bir narsani ta’kidlab o‘tdilar. Ya’ni bu narsaning ustida doimiy izlanishlar to‘xtamasligi kerak. Oziq-ovqat xavfsizligi global masala bo‘lgani uchun doimiy ravishda takomillashib borishi lozim. Shu sababdan, Turkiyada qilingan bu tajriba hozirgacha takomillashtirib borilyapti. Turkiyadagi 100 kitob loyihasi hozirgi kunga kelib agro ensiklopediya darajasiga yetishgan. Bizning ham vazifamiz, maqsadimiz, kelajakda buni agro ensiklopediya darajasiga yetkazish.

    Fermerlar maktabi onlayn tarzda bo‘ldimi yoki offlayn?

    Fermerlar maktabi — bizning ikkinchi loyihamiz. Sizga bir sirni ochishim mumkin, bu offlayn tarzda o‘qitiladi. O‘zbekiston Respublikasi aholisining yarmi yoshlardan iborat, o‘rtacha yosh 28 yoshni tashkil qiladi. Yoshlarimiz o‘rtasida qishloq xo‘jaligiga bo‘lgan qiziqishni orttirish, qolaversa qishloq xo‘jaligi tadbirkorligiga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otish uchun fermerlar maktabini tashkil etdik. Yoshlarimiz ushbu maktabda tahsil olib, birinchi o‘rinda o‘zining qishloq xo‘jaligidagi ilmini rivojlantiradi va bevosita marketing, menejment, bank sohasida, soliq sohasida mahsulotni sota bilishni o‘raganadi. Xullas, bizning maktabimizdan tayyor tadbirkor, mutaxassis bo‘lib chiqadi.

    Mazkur to‘plamlar bosqichma-bosqich chop etilib, respublikamizning barcha hududlaridagi fermerlar, tadbirkorlar va dehqon xo‘jaliklariga yetkaziladi. Shuningdek, keng foydalanuvchilar ommasini qamrab olish maqsadida, kitoblarning elektron nusxasidan bankning agrobank.uz internet sayti, maxsus Telegram-boti orqali foydalanish imkoniyati yaratiladi.

    Mazkur fermerlar maktabiga har yili 1000 nafar fermer va dehqon xo‘jaliklari rahbarlari, tomorqa yer egalari hamda tadbirkorlar jalb qilinib, agrar o‘quv yurtlari o‘qituvchilari, soha mutaxassislari hamda tadbirkorlar tomonidan o‘qitilib, o‘qitish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlar “Agrobank” tomonidan amalga oshiriladi.

    “Agrobank” ATB bu kabi loyihalarni doimiy tarzda amaliyotga tatbiq etish, sohaga zamonaviy bilimlarni olib kirish orqali aholi va mijozlarga, fermer hamda tadbirkorlarga doimiy ko‘makchi bo‘lib boradi.

    agrobank.uz

    Instagram

    Telegram

    Facebook

    Reklama huquqi asosida.

    29.04.2021, 19:30   Izoh (0)   22429
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Mahalliylashtirish — iqtisodiy rivojlanishning muhim omili

    29.04.2021, 18:00

    Laminam brendidan aksiya

    29.04.2021, 15:10

    Boulevard biznes markazi: 25 foizgacha foyda bilan tijorat ko‘chmas mulkini xarid qilishingiz mumkin

    29.04.2021, 09:00

    Maishiy texnika bozorlarni tark etishi muqarrarmi?

    28.04.2021, 18:00

    “Ipak yo‘li” AITB va Visa avtomobil sovg‘a qilmoqda

    28.04.2021, 15:00

    Alfraganus: 10 oydan so‘ng birinchi bosqich binolari topshiriladi

    28.04.2021, 09:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.