“O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasining axborot-tahlil media markazi 28-aprel kuni Toshkent metropolitenida yuz bergan holat yuzasidan izoh berdi.
“Bugun, soat taxminan 17:50 da Toshkent metropolitenining ‘Chilonzor’ yo‘nalishidagi ‘Milliy bog‘’ va ‘Novza’ stansiyalari oralig‘ida texnik sabablarga ko‘ra bitta harakatlanuvchi tarkib to‘xtab qoldi. Barcha yo‘lovchilar xavfsiz evakuatsiya qilindi. Poytaxt metropoliteni alohida uchastkalarda bitta yo‘ldan foydalangan holda faoliyatini davom ettirmoqda.
‘Toshkent metropoliteni’ unitar korxonasi rahbariyati yo‘lovchilardan uzr so‘raydi va vaziyatni aniqlab olish uchun tezkor ravishda ishchi guruh tashkil etilganini ma’lum qiladi. Tekshiruv natijalari rasmiy manbalarda jamoatchilikka e’lon qilinadi”, — deyiladi rasmiy axborotda.
Xabar to‘ldirilmoqda
Izoh (0)