Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi so‘nggi kunlarda Toshkent metrosida sodir bo‘layotgan holatlar bo‘yicha munosabat bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent metropoliteni bilan bog‘liq kamchiliklar haqida ko‘p marotaba yozib kelinmoqda. Jumladan, 18-mart kuni “Olmazor” (Chilonzor yo‘li) va “Bekat-1” (Sergeli yo‘li) orasidagi tunnelda ikki poyezd to‘qnashuvi. 9-aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda poyezdning ochiq eshiklar bilan harakati tushirilgan video tarqaldi. Shu bilan birga metropolitendagi yerosti va yerusti poyezd harakatlarining bir nechta boshqa videolari ham ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p bora muhokama qilindi.

28-aprel kuni esa tunnelda to‘xtab qolgan poyezd haqidagi video tarqaldi, unda yo‘lovchilar relslar orqali harakatlanib, bekatga yetib olgani tasvirlangan.

“Shahar yo‘lovchilar transporti to‘g‘risida”gi qonunning 8-moddasida yo‘lovchi tashishning asoslari belgilab qo‘yilgan, jumladan:

  • shahar yo‘lovchilar transportining bir maromda ishlashini tashkil etish;
  • yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifati va madaniyatini oshirish;
  • yo‘lovchilarning hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligini, transport vositalari harakatining xavfsizligini, shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish talablari bajarilishini ta’minlash.
Agentlikning ta’kidlashicha, “poytaxt yer ostidagi” voqealar xizmat ko‘rsatuvchining o‘z majburiyatlarini bajarmayotganidan dalolat bermoqda.

“Ushbu holatlarni va har bir yo‘lovchi iste’molchi ekanligini hamda ularning haq-huquqlari O‘zbekiston Respublikasining ‘Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida’gi qonun bilan himoyalanishini eslatgan holda, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi yuqorida keltirilgan muammolarni o‘z nazorati ostiga olib, metropoliten xizmatlari yuzasidan o‘rganish ishlarini boshlaganini ma’lum qiladi”, — deyiladi xabarda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
AQSH Yelsinning Ukraina haqidagi bayonotini maxfiylikdan chiqardi
Iqtisodiyot
Korrupsiya darajasi, iqtisodiy erkinlik indeksi: O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgarmoqda?
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda frilanserlik: ular qancha maosh oladi va nega ko‘paymoqda?