• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12699.14
    • RUB162.16
    • EUR14847.83
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Fransiya harbiylari Makronni irqiy urush va davlat to‘ntarishi xavfidan ogohlantirdi

    Fransiyaning iste’fodagi generallari va zobitlari mamlakat prezidenti Emmanuel Makronga irqiy urush va davlat to‘ntarishi xavfi haqida ogohlantiruvchi ochiq xat yozdi. Ularning maktubi Valeurs aktuelles nashrida e’lon qilindi, deb yozadi “Interfaks”.

    Foto: “TASS”

    Foto: “TASS”

    Xabarga ko‘ra, maktubda iste’fodagi generallar va zobitlar yuzdan ortiq diniy aqidaparastlar va ekstremistlarning fransuz konstitutsiyasiga zid harakatlari oqibatida kelib chiqadigan fuqarolar urushi xavfini qayd etgan.

    “Zo‘ravonlik kun sayin ortib bormoqda. O‘n yil oldin kim ayta olardi, o‘z kollejidan ketayotgan professorning boshi kesiladi deb?” — ta’kidlaydi maktub mualliflari.

    Shuningdek, ular Makron jim qarab tursa, davlat to‘ntarishi sodir bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

    “Ko‘rib turganimizdek, ortga surishga vaqt yo‘q, aks holda, tobora kuchayib borayotgan bu betartiblikka ertaga ichki urush chek qo‘yadi va sizning zimmangizga tushadigan o‘limlar bir necha mingni tashkil qila boshlaydi”, — deya xulosa qildi iste’fodagi harbiylar.

    Ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan murojaat o‘ngchilar yetakchisi Marin Le Pen va mingga yaqin faol armiya zobitlari va askarlari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi, deb xabar bermoqda BBC News.

    Qurolli kuchlar vaziri Florens Parley Qurolli kuchlar a’zolariga siyosiy yoki diniy mavzularda fikr bildirish taqiqlanganini eslatib o‘tdi. “Qoidabuzarlarga qarshi sanksiyalarni qo‘llash rejalashtirilmoqda”, — deya qo‘shimcha qildi u.

    Avvalroq Makron Parij yaqinida politsiyachining o‘ldirilishini diniy ekstremizm deb atagan edi. Qotillik politsiya uchastkasining kiraverishida sodir etilgan. Jinoyatchi binoga kirayotgan ayolga hujum qilib, uning tomog‘iga pichoq urgan. Boshqa politsiya xodimlari jinoyatchiga qarata o‘q uzgan va u voqea joyida halok bo‘lgan.

    Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning oktabr oyida Fransiyada tarix fani o‘qituvchisi o‘quvchilarga Charlie Hebdo nashri tomonidan chop etilgan Muhammad Payg‘ambar (s.a.v.)ning karikatura suratini ko‘rsatgan. Shundan so‘ng o‘qituvchi chechenistonlik 18 yoshli muhojir tomonidan o‘ldirilgan. Bu voqea Fransiyada keng jamoatchilikning muhokamasiga sabab bo‘ldi. O‘ldirilgan o‘qituvchi bilan vidolashish marosimida Fransiya prezidenti Emmanuel Makron mamlakat so‘z erkinligidan, jumladan, karikatura borasidagi erkinlikdan voz kechmasligini ma’lum qilgan. Fransiya prezidentining mazkur bayonoti ortidan Yaqin Sharqdagi ba’zi mamlakatlarda Fransiyada ishlab chiqarilgan mahsulotlarni boykot qilish boshlandi.

    Makron bu qotillikni “Islom terrorchiligiga xos xatti-harakat” deb atadi. U, shuningdek, Islom dini “butun dunyoda inqiroz holatini boshdan kechirayotgani” haqida fikr bildirdi.

    Makronning bu gaplari ko‘plab davlatlarda musulmonlarning g‘azabiga sabab bo‘ldi. Ular Fransiya va Makronga qarshi noroziliklar bildira boshladi. Ba’zi namoyishchilar Fransiya bayrog‘i va Makronning suratlarini toptagan. Bunday norozilik aksiyalari Pokiston, Livan, Turkiya, Falastin va boshqa davlatlarda bo‘lib o‘tdi.

    Keyinchalik Makron Muhammad (s.a.v.) karikaturalari tufayli musulmonlarda paydo bo‘lgan his-tuyg‘ularni tushunishini aytdi, ammo ularni hukumat emas, mustaqil OAVlar chiqarayotganini ta’kidladi.

    2015-yil yanvar oyida ham bir nechta qurollangan odamlar Charlie Hebdo tahririyati ofisiga bostirib kirib, 12 kishini otib tashlagan edi, ulardan sakkiz nafari jurnalist bo‘lgan. Hujum uchun javobgarlikni Al-Qoidaning Yamandagi yo‘nalishi o‘z zimmasiga olgan. Terrorchilar Charlie Hebdo tahririyatini o‘z nishoniga aylantirgan, chunki nashr bir necha bor Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)ning karikaturalarini chop etgan. Charlie Hebdo hujumi Fransiyadagi islomchilar tomonidan uyushtirilgan qator hujumlarning boshlanishi bo‘ldi.

    28.04.2021, 18:22   Izoh (0)   23102
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Zelenskiy Putin bilan uchrashish uchun Vatikan har jihatdan mos kelishini aytdi

    28.04.2021, 17:43

    “Hech kim Afg‘onistondagi fuqarolar urushining qayta boshlanishidan manfaatdor emas” — AQSh davlat kotibi

    28.04.2021, 17:27

    JSST Hindistonda COVID-19 avj olishining sababini ma’lum qildi

    28.04.2021, 16:41

    AQShda olimlar koronavirusni bir soniyada yo‘q qilish usulini topdi

    28.04.2021, 15:58

    Xitoyda noma’lum shaxs pichoq bilan bolalar bog‘chasiga hujum qilib, 16 nafar bola va 2 tarbiyachini yaraladi

    28.04.2021, 15:47

    Fors ko‘rfazida AQSh va Eron kemalari o‘rtasida mojaro chiqdi. AQSh voqea yuzasidan o‘z xavotirini bildirdi

    28.04.2021, 13:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoy okeanlarni o‘rganish uchun o‘zining birinchi “aqlli” kemasini yaratdi

    Dunyo | 14 iyul, 23:55

    “Putin ko‘pchilikni aldagan, lekin meni aldolmaydi” — Tramp

    Dunyo | 14 iyul, 23:40

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 50 kun davom etgan gullar festivali yakuniga yetdi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 23:27

    Yer evaziga 600 ming dollar: O‘zbekistonda hokim o‘rinbosari va qator mansabdorlar pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 22:40

    Obama Trampning tarif urushlarini tanqid qildi

    Dunyo | 14 iyul, 22:30

    “Ukrainani qurollantirish uchun AQSH Xitoydan qarz olishga majbur” — amerikalik senator

    Dunyo | 14 iyul, 22:10

    Yevroittifoq Isroilni jazolashning 10 ta usulini taklif etdi

    Dunyo | 14 iyul, 21:50

    Hayot mohiyatini ochib beruvchi 10 falsafiy multfilm

    Kino | 14 iyul, 21:35

    “Liverpul” Vinisius uchun “Real”ga katta summa taklif qildi

    Sport | 14 iyul, 21:31
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.