Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Jenoa” hujumchisi Eldor Shomurodov A Seriya 33-turi doirasida 24-aprel kuni “Spetsiya”ga qarshi kechgan o‘yinda (2:0) gol urishga erishdi.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

O‘zbekistonlik futbolchi A Seriyadagi so‘nggi ketma-ket 9 ta o‘yinida gol ura olmagandi. Bu seriya 10-o‘yinga kelib buzildi. So‘nggi bor Eldor “Verona”ga qarshi kechgan 20-fevral kungi o‘yinda (2:2) gol urgandi.

Shu tariqa Shomurodovning 429 daqiqa davom etgan golsiz seriyasi yakun topdi.

Eldor Shomurodovning super golini bu yerda tomosha qilish mumkin — video.

Shomurodov 2020/21-yilgi mavsumda A Seriyada 26 o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol va bitta golli uzatma muallifiga aylandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
Ajoyib sujet va yuqori reytingga ega bo‘lsa ham tomoshabinlar e’tiboridan chetda qolgan 2022-yilda chiqqan ajoyib multfilmlar
Mahalliy
Kechikkan sovg‘a: Jizzax viloyati hokimligi 28-mart kuni Xalqaro xotin-qizlar kuniga atab 465 mln so‘mlik tender o‘tkazdi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi oshdi