Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 33-turida “Jenoa” 24-aprel, shanba kuni “Spetsiya”ni qabul qildi.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Uchrashuvda 2:0 hisobida Genuya klubi g‘alaba qozondi. Dastlab Janluka Skamakka 62-daqiqada hisobni ochdi, 86-daqiqaga kelib esa zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov darvozabon bilan bir-birga vaziyatda super gol urib, jamoasiga ishonchli g‘alabani taqdim etdi. Shu tariqa Shomurodovning “Jenoa” safida (A Seriya doirasida) 9 ta o‘yindan iborat bo‘lgan golsiz seriyasiga nuqta qo‘yildi.

“Jenoa” — “Spetsiya” uchrashuvida urilgan gollarni bu yerda ko‘rish mumkin — video.

Ushbu g‘alabadan keyin ochkolari 36 taga yetgan “Jenoa” 13-o‘ringa ko‘tarildi. “Spetsiya” (33) esa 15-pog‘onani band etgan.

A Seriya

33-tur bahsi

24-aprel, shanba

“Jenoa” — “Spetsiya” 2:0

Gollar: 1:0 – 62 Skamakka, 2:0 – 86 Shomurodov.

“Jenoa”: Perin, Biraski, Goldaniga, Masyello, Zappakosta, Strotman (Kassata, 90), Badel, Pyatsa (Behrami, 63), Krishito, Destro (Shomurodov, 63), Pandev (Skamakka, 56).

“Spetsiya”: Provedel, Erlich, Bastoni, Vinyali (Agudelo, 85), Tersi (Shabo, 64), Leo Sena, Majore (Esteves, 59), Pobega, Jasi (Galabinov, 85), Farias (Verde, 64), Zola.

Ogohlantirishlar: Tersi (1), Krishito (18), Pandev (32), Zola (37).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 29-may kuni 39 darajagacha issiq bo‘ladi
Shou-biznes
“Xitoydan o‘ligim qaytadi deb qo'rqqanman”. Uch xil ovozda gapira oladigan xalqaro sirk ustasi, vayner Sherzod Mamadaliyev bilan suhbat (video)
Mahalliy
Xorazmda 3-sinf o‘quvchilariga behayo xatti-harakatlar qilgan 61 yoshli o‘qituvchi besh sutkaga qamaldi