Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 33-turida “Liverpul” 24-aprel, shanba kuni “Nyukasl”ni qabul qildi.
Uchrashuvning 3-daqiqasidayoq Muhammad Saloh mersisaydlarni oldinga olib chiqdi. Shuningdek, o‘yin davomida maydon egalarida bir qator qulay imkoniyatlar bo‘ldi, biroq “hakkalar”ning chuqur himoyasini yorib o‘tish Yurgen Klopp shogirdlariga boshqa nasib etmadi.
Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Kallum Uilson gol urgandi, biroq hujum vaqtida to‘p futbolchining qo‘liga tegib ketgani sabab bu gol bekor qilindi. Biroq so‘nggi soniyalar o‘tib borayotganda Jo Uillok o‘zining aniq zarbasi bilan muvozanatni tikladi.
“Liverpul” 54 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda, “Nyukasl” esa (36) 15-pog‘onadan joy olgan.
APL
33-tur bahsi
24-aprel, shanba
“Liverpul” — “Nyukasl” 1:1
Gollar: 1:0 – 3 Saloh, 1:1 – 90+5 Uillok.“Liverpul”: Alisson, Aleksander-Arnold, Robertson, Kabak, Fabinyo, Mane, Tiago Alkantara (Jons, 77), Veynaldum, Diogu Jota (Milner, 58), Saloh, Firmino.
“Nyukasl”: Dubravka, Fernandes, Klark (Uillok, 64), Dammett, Ritchi, Shelvi, Myorfi, Longstaff, Almiron (Geyl, 85), Sen-Maksimen, Joelinton (Uilson, 60).
Ogohlantirishlar: Kabak (9), Fernandes (16), Fabinyo (89).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)