Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Arsenal” Angliya Premyer Ligasi 33-turi doirasida 23-aprel kuni “Everton”ga qarshi kechgan bahsda yutqazib qo‘ydi (0:1).

Foto: Goal

Foto: Goal

Mikel Arteta shogirdlari 2020/21-yilgi mavsumda musobaqa doirasidagi 25 uy o‘yinidan 9 tasini boy berdi.

Bu “Arsenal” uchun 1929/30-yilgi mavsumdan keyingi eng yomon natija bo‘ldi. 91 yil avval ham londonliklar butun mavsum davomida to‘qqizta uy o‘yinida yutqazib qo‘ygandi.

Shuningdek, “kanonirlar” 1996-yilning yanvaridan beri ilk bor o‘z uyida “Everton”ga yutqazdi.

“Arsenal” 33 o‘yinda 46 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida 9-o‘rinda ketmoqda. Jamoa joriy mavsum APLda yana ikkita uy o‘yinida ishtirok etadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
 “Dizayn” kulgi jamoasi a’zosi Elmurod Haqnazarovning yakkaxon konserti qanday o‘tdi? 
Dunyo
Zelenskiy Kanadaga o‘rmon yong‘inlarini o‘chirishda yordam taklif qildi
Dunyo
Qozog‘istondagi o‘rmon yong‘ini qurbonlari soni 14 kishiga yetdi