• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +42°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “So‘yloq” “Orzular teatri”da porlagan oqshom. Chempionlar Ligasi tarixiga kirgan “Manchester Yunayted” — “Real” o‘yiniga 18 yil to‘ldi

    Bundan roppa-rosa 18 yil avval, 2003-yil 23-aprel kuni, “Manchester Yunayted” va “Real” ishtirokida Yevropa Chempionlar Ligasining eng yorqin bahslaridan biri bo‘lib o‘tgandi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Yulduzlar jangi

    Ilk uchrashuvda qo‘lga kiritilgan 3:1 hisobidagi g‘alaba madridliklarning ustunligini ta’minlab turardi. “Real”ning yulduzli tarkibi 2001/02-yilgi mavsumni ko‘tarinki o‘tkazgan va yozda “Inter”dan Ronaldoni sotib olgandi. Biroq Madriddagi bahsda braziliyalik o‘yinchi emas Raul katta sahnaga chiqadi va dubl qayd etgan holda jamoasining g‘alabasiga hissa qo‘shadi. Biroq Raul javob o‘yinini ko‘richak bo‘lib qolgani sabab o‘tkazib yuboradi.

    Birinchi uchrashuvdagi mag‘lubiyatdan so‘ng Fergyuson o‘yinga jangovar tarkibni tashlaydi. O‘z navbatida “galaktikos” ham yulduzli tarkibi bilan ishtirok etadi.

    “Manchester Yunayted”: Fabyen Bartez, Uesli Braun, Rio Ferdinand, Mikael Silvestr, Jon Oshi, Nikki Batt, Roy Kin, Xuan Sebastyan Veron, Ole-Gunnar Sulsher, Rayan Giggz, Rud van Nistelroy.

    “Real Madrid”: Iker Kasilyas, Fernando Yerro, Ivan Elgera, Michel Salgado, Roberto Karlos, Klod Makalele, Stiv Makmanaman, Luish Figu, Zinedin Zidan, Guti, Ronaldo.

    Asosiy yulduzlar

    Ronaldo: So‘yloq 2002-yilgi Jahon Chempionatida porlagan, sakkizta gol urgan holda Braziliyaning chempionligiga muhim hissa qo‘shgandi. “Manchester Yunayted”ga qarshi o‘yingacha u madridliklar safida Chempionlar Ligasida bor yo‘g‘i ikkita gol urgandi. Raul yo‘qligi sabab “Old Trafford”da asosiy markaziy hujumchi sifatida faqat o‘zi qolgandi.

    Rud van Nistelroy: Niderlandiyalik futbolchi YChL 2001/02-yilgi mavsumida 10 ta gol bilan to‘purarga aylangan, “Real”ga qarshi chorak final bahsiga qadar esa 2002/03-yilgi mavsumda 11 ta to‘p kiritishga ulgurgandi.

    Devid Bekhem: “Arsenal”ga qarshi Kubok bahsidan so‘ng futbolchi va jamoa bosh murabbiyi Aleks Fergyuson o‘rtasida o‘sha mashhur janjal sodir bo‘lgandi. Natijada Bekhem zaxirada ko‘p qolib ketar, uning jamoani tark etishi deyarli aniq bo‘lib qolgandi.

    Foto: The Guardian

    Foto: The Guardian

    Ronaldo — fenomen, Bekhem esa betakror

    O‘yin kutilganidek “qizil iblislar”ning bosimi bilan boshlanadi. Dastlabki xavfli vaziyatni maydon egalari uyushtiradi, biroq van Nisteroy imkoniyatdan foydalana olmaydi. Madrid klubi esa dastlabki qarshi hujumni golga aylantiradi. Makmanaman, Figu, Zidan va Gutining tezkor uzatmalaridan keyin Ronaldo qulay vaziyatga chiqib boradi va jarima maydoni tashqarisidan darvozani ishg‘ol qiladi.

    Birinchi bo‘lim oxirida van Nistelroy Ole-Gunnar Sulsherning uzatmasidan so‘ng muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ladi, biroq umumiy hisob hanuz ispan klubi tomonida edi.

    Tanaffusdan keyin Ronaldo jamoasining uzoq davom etgan hujumini aniq zarba bilan yakunlaydi. Biroq oradan ikki daqiqa o‘tib “Real” himoyachisi Ivan Elgera o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘yadi va o‘yinga yana intriga qaytadi. Ko‘p o‘tmay Figudan to‘pni qabul qilib olgan Ronaldo chamasi 25 metrlardan mukammal zarba yo‘llab, Bartezni dog‘da qoldiradi.

    O‘yin taqdiri deyarli hal bo‘lgach Visente del Boske braziliyalik iqtidor egasini zaxiraga oladi. Shu vaqtda “Old Trafford”ga yig‘ilgan muxlislar o‘rnilaridan turgan holda Ronaldoni olqishlaydi.

    Bu orada Bekhem ham maydonga tushgan va o‘yinning yakuni chiroyli bo‘lishini ta’minlab bergandi. 71-daqiqada Devid jarima zarbasini ideal darajada ijro etadi, Kasilyas qolganlar qatori faqat tomoshabin vazifasini o‘taydi.

    O‘yin yakunlanishi arafasida angliyalik futbolchi dublni rasmiylashtiradi.

    “Manchester Yunayted” uyida irodali g‘alabani qo‘lga kiritadi, biroq qarama-qarshilikdagi umumiy hisob 5:6 bilan yakunlanadi va “Real” yarim final sari yo‘l oladi.

    O‘yindan keyingi fikrlar

    Devid Bekhem: “Ronaldo bizni ko‘mib tashladi. Raul ko‘richak bo‘lib qolgandi, shu tariqa ularning yulduzi o‘yinni o‘ziga oldi. Barcha ishqibozlar o‘rnidan turgan holda uni qarsaklar bilan kuzatdi va unga “Yunayted” futbolchisiga qanday hurmat ko‘rsatilishini ko‘rsatib qo‘ydi. Manchester odamlari futbolni yaxshi tushunadi”.

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Ronaldo: “Bu kechani hech qachon unutmayman”.

    Visente del Boske: “Istalgan vaqtda o‘yin biror jamoaning ssenariysi ostida kechishi mumkin edi. Muxlislar futbolchilar kabi o‘zini qanday tutish borasida ajoyib namuna ko‘rsatdi. Fantastika”.

    Aleks Fergyuson: “Bunday uchrashuvning ishtirokchisiga aylanish — ulkan rohat. Bu o‘yin orzulardagi futbolni ko‘rsatib berdi”.

    Keyin nima bo‘ldi

    “Desima” va Chempionlar Ligasi g‘olibligi juda yaqin edi, biroq madridliklar yarim finalda “Yuventus” to‘sig‘idan o‘ta olmaydi. Klub Ispaniya chempioniga aylanadi, ammo bu del Boskeni iste’fodan qutqarib qololmaydi. Uning o‘rnini Karlush Keyrush egallaydi. Shuningdek, “Real” yozda tarkibini Bekhem bilan to‘ldiradi.

    2003/04-yilgi mavsum “Real”ga ko‘plab sovrinlarni va’da qilayotgandek ko‘rinadi. Biroq mavsum oxiriga yaqin Ronaldo jarohat oladi. “Qirollik klubi” Ispaniya Kubogi finalida yutqazadi, YChL chorak finalida “Monako”ga imkoniyat boy beriladi, keyin esa ketma-ket beshta mag‘lubiyatdan so‘ng Ispaniya chempionligi “Valensiya”ga sovg‘a qilinadi...

    Nodirxon Hamidxonov tayyorladi

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

    23.04.2021, 13:26   Izoh (0)   17794
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Barselona” Yevropa Superligasidan chiqmasligini ma’lum qildi

    23.04.2021, 12:15

    Superliga 7-tur o‘yinlarining boshlanish vaqtlari ma’lum bo‘ldi

    23.04.2021, 11:02

    Lionel Messi top-5 ligalar rekordini o‘rnatdi

    23.04.2021, 10:01

    La Liga. 7 gol, 2 ta avtogol va 2 penalti. Messi dublga erishgan o‘yinda “Barselona” “Xetafe”ni tor-mor keltirdi

    23.04.2021, 03:02

    A Seriya. 7 ta gol urilgan o‘yinda “Napoli” “Latsio”ni yengdi, Insinyedan dubl. “Roma” “Atalanta” bilan durang o‘ynadi

    23.04.2021, 02:11

    Zlatan Ibrohimovich “Milan” bilan shartnomani uzaytirdi. U oktabr oyida 40 yoshga to‘ladi

    23.04.2021, 01:37
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Bezarardek tuyulsa-da, qondagi qand miqdorini oshirib yuboradigan mahsulotlar

    Layfstayl | 19 iyul, 17:01

    “To‘liq taftish o‘tkazilishi zarur”. Ekovazirlik Murod Nazarov fikrlariga keskin munosabat bildirdi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 16:41

    “Real” jamoaning 4 nafar a’zosi kelajagini muhokama qilmoqda

    Sport | 19 iyul, 16:40

    Samolyotda ko‘pchilik foydalansa-da, aslida foydasiz bo‘lgan 5 narsa

    Layfstayl | 19 iyul, 15:40

    Istanbuldan Toshkentga uchayotgan samolyot bortida chaqaloq tug‘ildi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 15:15

    Avstraliya Ukrainaga 49 ta Abrams tanklarini yetkazib berdi

    Dunyo | 19 iyul, 15:05

    Levandovski Polsha terma jamoasiga qaytadi

    Sport | 19 iyul, 15:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.