YouTube bloger Jeyk Pol va Bellator sobiq chempioni Ben Askren o‘rtasidagi jang boks tarixidagi eng kassabop janglar o‘nligidan joy oldi.

Foto: Getty Images

YouTube’dagi EsNews kanali PPV sotuvi bo‘yicha eng yuqori natija qayd etgan janglar reytingini tuzib chiqdi. Uni Floyd Meyvezer va Menni Pakyao o‘rtasidagi jang boshqarib turibdi — 4,6 millionta PPV. Shuningdek, ro‘yxatdagi dastlabki to‘rtta jang Meyvezer ishtirokidagi bellashuvlar bo‘ldi.

E’tiborlisi top-10 likdan asli bokschi bo‘lmagan sportchilar ishtirokidagi janglar va ko‘rgazmali to‘qnashuvlar ham joy oldi. Masalan, UFC sobiq jangchisi Konor Makgregorning Meyvezerga qarshi jangi, Jeyk Pol va Askren o‘rtasidagi bellashuv. Yana Mayk Tayson va Roy Jons o‘rtasida bo‘lib o‘tgan ko‘rgazmali jang ham kuchli o‘nlikka kirdi.

  1. Floyd Meyvezer — Menni Pakyao – 4,6 million PPV
  2. Floyd Meyvezer — Konor Makgregor – 4,2 mln PPV
  3. Oskar de la Hoya — Floyd Meyvezer – 2,4 mln PPV
  4. Floyd Meyvezer — Saul Alvares – 2,2 mln PPV
  5. Evander Holifild — Mayk Tayson 2 – 1,9 mln PPV
  6. Lennoks Lyuis — Mayk Tayson – 1,6 mln PPV
  7. Mayk Tayson — Roy Jons – 1,6 mln PPV
  8. Mayk Tayson — Evander Holifild – 1,5 mln PPV
  9. Floyd Meyvezer — Migel Kotto – 1,5 mln PPV
  10. Jeyk Pol — Ben Askren – 1,5 mln PPV

PPV (Pay-per-view) — tomosha uchun to‘lash. Ma’lum hodisaning (musobaqa, konsert va h.k.) ma’lum qismini tomosha qilish uchun yakka shaxs tomonidan sotib olinadigan huquq.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!