Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

World Car Awards mukofotining versiyasi bo‘yicha 2021-yilning eng yaxshi elektromobili deya Volkswagen ID.4 tan olindi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Volkswagen ID.4

Volkswagen ID.4
Foto: EPA

Ta’kidlanishicha, Volkswagen ID.4 jami 798 ball to‘plagan. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egallagan Honda E elektromobili va Toyota Yaris xetcheki mos ravishda 742 hamda 732 ball to‘plagan.

Honda E

Honda E
Foto: EPA

Toyota Yaris

Toyota Yaris
Foto: EPA

“Eng hashamatli avtomobil” yo‘nalishi bo‘yicha birinchilik 853 ball bilan Mercedes-Benz S-Class sedaniga nasib etgan. “Samaradorligi eng yuqori avtomobil” deya Porsche 911 Turbo sportkari tan olingan.

Mercedes-Benz S-Class

Mercedes-Benz S-Class
Foto: EPA

Porsche 911 Turbo

Porsche 911 Turbo
Foto: EPA

“Shahar sharoitiga mo‘ljallangan eng yaxshi avtomobil” yo‘nalishida birinchi o‘rin Honda E elektromobiliga nasib etgan bo‘lsa, dizayn borasidagi mukofotni Land Rover Defender yo‘ltanlamasi qo‘lga kiritgan.

Land Rover Defender

Land Rover Defender
Foto: EPA

Avvalroq Amerikaning Consumer Reports nashri o‘z egalariga ma’qul bo‘lgan avtomobil markalari reytingini e’lon qilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Qonunlar ishladi”: Rasul Kusherbayevni onasidan so‘kkan fuqaro 9 mln so‘m jarimaga tortildi
Dunyo
Rossiyalik harbiylar Xersondan chekinmoqchi bo‘lgan, ammo Putin buni taqiqlagan va endi joylarda strategik qarorlarni o‘zi qabul qilishini aytgan
Dunyo
Ukrainadagi urush: taktik yadro quroli nima va u Rossiya tomonidan qo‘llanilishi mumkinmi?