Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

O‘zbekiston davlat Jahon tillari universitetining 1-bosqich kechki bo‘lim talabalari 20-apreldan 14 kun onlayn ta‘limga o‘tkaziladi. Bu haqda universitet matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Darslar 2021-yil 20-apreldan onlayn-formatda o‘tilishi rejalashtirilgan. Bu kabi qaror koronavirus infeksiyasining tarqalishini oldini olish maqsadida qabul qilingan.

Avvalroq Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida professor-o‘qituvchilari, talabalari orasida koronavirusga chalinish holati aniqlangani sabab darslar 19-apreldan masofaviy shaklga o‘tkazilgani haqida xabar berilgan edi. O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida ham darslar 12-apreldan boshlab ikki haftaga onlayn shaklga o‘tkazildi. Shuningdek, Samarqand iqtisodiyot va servis institutida ham o‘qish koronavirus sabab masofaviy shaklga o‘tkazilishi haqida xabar berildi.

Eslatib o‘tamiz, mart oxirlarida O‘zbekiston davlat konservatoriyasining 4 nafar o‘qituvchi va 1 nafar talabasida koronavirus aniqlanib, OTM masofaviy ta’limga o‘tgandi. Shuningdek, 25-mart kuni Toshkent moliya instituti va Toshkent transport universiteti talabalarida ham koronavirus aniqlangani sabab fakultet talabalari masofaviy ta’limga o‘tkazilgandi.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida va Toshkent moliya institutida ham darslar 26-martdan 8-aprelga qadar (14 kun) masofaviy shaklga o‘tkazilgandi. O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasida 14 kunlik karantin e’lon qilinib, o‘quv jarayoni 26-martdan 6-aprelga qadar masofaviy tarzda amalga oshirildi.

Bundan tashqari, Toshkent transport universiteti talabasida ham koronavirus aniqlangani sabab fakultet talabalari masofaviy ta’limga o‘tkazilgan, Toshkentdagi Inha universiteti talabasida koronavirus aniqlangani sabab ushbu OTM 23-martdan boshlab ikki hafta karantinga yopilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
Instagram: Ustozlarini tabriklayotgan mashhurlar, onasiga qo‘shni bo‘layotgan Nilufar Usmonova, Ziyodaning volidasiga atalgan syurprizi
Sport
A Seriya. “Roma” Eldor Shomurodov maydonga tushmagan o‘yinda “Inter”ni mag‘lub etdi
Dunyo
Nikaragua hukumati Niderlandiya bilan diplomatik munosabatlarni uzdi