Toshkentning Chilonzor tumanidagi Muqimiy—Chilonzor ko‘chalari chorrahasida joylashgan ko‘p qavatli uy devorida Abdulla Qodiriyning xotirasiga bag‘ishlangan strit-art paydo bo‘ldi. 10-aprel kuni Abdulla Qodiriyning 137 yilligi keng nishonlandi.

Foto: Instagram / @inkUZart

Ko‘cha san’anati namunasini @inkUZart taxallusi bilan ijod qilayotgan ko‘cha rassomi Abdurahmon Umarov chizgan.

Rassomning Instagram’dagi sahifasida e’lon qilingan videodan ko‘rish mumkinki, rassom uy devoriga Abdulla Qodiriyning tasvirini tushirib, yoniga “Ahvolimiz” nomli g‘azalini ham tushirgan.

Avvalroq @inkUZart Toshkentdagi binolar devorlarini koronavirus pandemiyasi mavzusidagi graffitilar bilan bezayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

2020-yilning yozida Abdurahmon Umarov Chilonzor tumanidagi dahalarni turli tasvirlar bilan “boyitish” niyatida ekanini ma’lum qilgandi. “Chilonzorni galerеyaga aylantirmoqchiman. Keyin esa boshqa tumanlar, shaharlar, mamlakatlar va qit’alarga o‘taman” degan edi o‘shanda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Chilonzor ko‘chalarida san’atga joy topish qiyin. Qonunchilikka ko‘ra turar joy binolarining devorlariga chizishga ruxsat berilmagan.