Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Yevropa Superligasining tashkil etilishi haqida yaqin orada rasman ma’lum qilinishi mumkin, deya xabar qilmoqda Marca.

Foto: Yandex Photos

Foto: Yandex Photos

UEFA 19-aprel kuni Chempionlar Ligasining yangilangan formatini e’lon qilishi mumkin. Shu sababli “Real” va “Manchester Yunayted” rahnamoligidagi Superliga tarafdorlari musobaqaning tashkil etilishi borasida 18-aprel kuni ma’lum qilmoqchi.

“Real” Key Capital kompaniyasi bilan birgalikda maxfiy tarzda Superliga loyihasi ustida ishlagan. Bundan Yevropaning top-klublari xabardor bo‘lgan.

The New York Times xabariga ko‘ra, kamida 12 ta klub ta’sischilar qatoriga kirgan yoki musobaqada qatnashish istagini bildirgan. Bular APLning top-6 klubi, La Liganing uch grandi va A Seriyaning uchta klubi: “Manchester Yunayted”, “Liverpul”, “Manchester Siti”, “Arsenal”, “Chelsi”, “Tottenhem”, “Real Madrid”, “Barselona”, “Atletiko”, “Yuventus”, “Milan”, “Inter”.

“Bavariya” va “Borussiya D” bu musobaqada ishtirok etishdan bosh tortgan. Shuningdek, PSJ ham bu taklifni rad etgan. PSJ prezidenti Nossir al-Halayfi UEFA direktorlar kengashi a’zosi hisoblanadi, shuningdek, u Chempionlar Ligasi translyatsiya huquqini sotib olgan beIN Media Group rahbari hisoblanadi.

Avvalroq Superliganing har bir ishtirokchisi yiliga kafolatlangan 350 million yevro miqdoridagi pulga ega bo‘lishi xabar qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, FIFA, UEFA va qolgan barcha mintaqa konfederatsiyalari Yevropa Superligasida qatnashgan jamoalarni o‘z tasarrufidagi musobaqalardan chiqarib yuborishini ma’lum qilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Putin taklifiga binoan 7-oktabr kuni Rossiyaga boradi
Mahalliy
Dunyoda koronavirusni yuqtirish holatlari 6 foiz, o‘lim ko‘rsatkichi esa 12 foizga kamaydi