“Norvich” muddatidan Angliya Premyer Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Nufuzi bo‘yicha APLdan keyin ikkinchi o‘rinda turuvchi Chempionshipning 42-turi doirasida “Uotford” va “Suonsi” jamoalari g‘alaba qozona olmagach, “Norvich”ning Premyer Ligaga chiqishi kafolatlandi. Endilikda Daniyel Farke jamoasi har qanday holatda ham ikkinchi o‘rindan pastga tushib ketmaydi.
“Norvich” 41-turdan so‘ng 90 ochko bilan 1-o‘rinda bormoqda. Bitta o‘yin ko‘proq o‘tkazgan “Uotford”ning hisobida 82 ochko, “Suonsi” hisobida esa 76 ochko bor. Jamoalar mos ravishda 2 va 3-o‘rinlarni egallab turibdi.
Qayd etish joiz, “Norvich” quyi ligaga tushib ketganidan bir yil o‘tib, APLga qaytdi.
Izoh (0)