Chaqilgan tuxum ichidan yana bir butun tuxum chiqqani aks etgan video TikTok’da mashhurlikka erishdi
Oddiy tovuq noodatiy tuxum qo‘ydi. Bunday g‘aroyib fakt bilan TikTok ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchisi o‘z sahifasida bo‘lishgan. Ayol videoda tabiat mo‘jizasi – tuxum ichida yana bir butun tuxum borligini ko‘rsatgan.
Foto: “Korrespondent.net”
Videoda ayolning tuxum chiqqanidan keyin ichida oqi va sarig‘idan tashqari yana bir butun tuxum borligini ko‘rish mumkin. TikTok foydalanuvchilari bu videoga nisbatan turlicha munosabat bildirgan. Ba’zilar video muallifini yolg‘onchilikda ayblagan.
“Siz Chernobilda yashamaysizmi?”, “Bunday bo‘lishi mumkin emas. Siz bu haqda allaqachon bilgansiz. Yasama”, “Po‘chog‘i va ichidagi tuxum boshqa-boshqa rangda. Odamlarni ahmoq qilmang”, degan izohlar yozib qoldirilgan.
Shu bilan birga, fan nuqtayi nazaridan bunday hodisa bo‘lishi mumkin. Kontr-peristaltika deb ataladigan mazkur hodisa anomal rivojlanishidan darak beradi. Bir sutka davomida videoga 65 mingta layk bosilgan, 7 mingga yaqin izoh yozib qoldirilgan.
Avvalroq Xitoyda rangli va naqshlari bor tuxum qo‘ygan tovuq haqida xabar berilgandi.