Xitoyning Gansu provinsiyasidagi Dunxuan shahri yaqinida tuyalar uchun maxsus svetofor o‘rnatildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Qayd etilishicha, svetoforning yashil chirog‘i yonganda tuyalar, qizilda esa sayyohlar yo‘lni kesib o‘tadi.
Dunxuan – cho‘l chetidagi shahar va voha bo‘lib, u Buyuk Ipak Yo‘lida Xitoyga kirish eshigi bo‘lib xizmat qilgan. Shuningdek, Xitoyda buddizmning beshigi hisoblanadi.
Sayyohlar, asosan, Minsha tog‘lari, Mogao g‘ori va Yarim oy ko‘li kabi mashhur joylarga tashrif buyuradi. Tuyada sayohat qilish esa mintaqaga tashrif buyuruvchilar orasida katta talabga ega.
Izoh (0)