Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonning sof xalqaro oltin-valyuta zaxiralari oy davomida 589,1 million dollarga kamayib, 32,6 milliard dollarni tashkil etdi, deya xabar bermoqda Markaziy bankka tayanib “Gazeta.uz”.

Foto: Bloomberg

Foto: Bloomberg

Jumladan, O‘zbekiston sof xalqaro zaxiralari 2021-yil boshiga nisbatan 2,2 milliard dollarga yoki 6,5 foizga kamaydi. Sof oltin-valyuta zaxiralari (yalpi zaxiralar va erkin konvertatsiya qilinadigan valyutadagi majburiyatlar o‘rtasidagi farq) 771,8 million dollarga qisqarib, 31,6 milliard dollarga yetdi.

Mamlakatning oltin-valyuta zaxiralari ketma-ket uch oydan beri qisqarmoqda. Mart oyida zaxiradagi oltin 0,2 million troya unsiyasiga (6,2 tonnaga yaqin) ko‘payib, jami 11,4 million unsiyaga (323 tonnaga yaqin) yetdi. Biroq ushbu zaxiralar qiymati mart oyidagi arzonlashuvdan keyin 450,9 million dollarga kamaydi.

Jumladan, 1-martda oltin narxi unsiyasi uchun 1738,8 dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 30-mart kuni u 1687,8 dollargacha pasaydi, 1-aprel kuni esa 1729,3 dollarga yetdi. AQShning 10 yillik g‘aznachilik obligatsiyalari (US Treasuries) daromadliligining oshishi ham oltin narxiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

O‘zbekistonning xorijiy valyutadagi zaxiralari ham 132,4 milliard dollarga kamaydi.

Bundan avval Navoiyda 130 tonna zaxirali yangi oltin koni topilgani, Markaziy bank O‘zbekiston so‘nggi 10 yilda eksport qilgan oltin hajmiga oid ma’lumotlarni e’lon qilgani hamda O‘zbekistonda kredit va xorijiy valyutaga bo‘lgan talab deyarli butunlay tiklangani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Turkiya yangi dunyo tartibining markazida bo‘lishi kerak” — Erdo‘g‘on
Mahalliy
Andijonda 41 kishi jarohatlangan avtohalokat qurbonlari soni 4 nafarga yetdi
Dunyo
Litvada ham rus tilini o‘qitishdan voz kechish taklif qilindi