Florentino Peres “Real” prezidentligi uchun o‘tkazilgan saylovlarda boshqa nomzodlari yo‘qligi sabab avtomatik ravishda rahbarlikka qayta saylandi, deya xabar qilmoqda AS.
Peresdan boshqa hech kim prezidentlikka o‘z nomzodini qo‘ymagan. Shu sabab saylovlar o‘tkazishga hojat qolmagan.
Shu tariqa Peres 2021—2025-yillarda ham Madrid klubi boshqaruvida qoladi. U “Real”ga 124 million yevro (klub budjetining 15 foizi) tushum olib kelishga kafolat bergan yagona shaxs bo‘ldi.
Peres 12 yildan buyon “Real” prezidentligida faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, u 2000—2006-yillarda ham madridliklarni boshqargan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)