“Real” himoyachisi Serxio Ramosda koronavirus aniqlandi. Bu haqda madridliklar matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ispaniyalik futbolchining koronavirusga topshirgan testi ijobiy xulosa bergan. Futbolchi qay holatda ekani ochiqlanmagan.
Ramos jarohati sabab tiklanish jarayonini boshdan kechirayotgandi. Shu tariqa futbolchi jarohatidan forig‘ bo‘lgan taqdirda ham yaqin orada jamoasiga yordam bera olmaydi.
Ramos La Liga 30-turi doirasida kechgan “Barselona”ga qarshi 10-aprel kungi o‘yinni stadiondan tomosha qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq jamoaning boshqa bir markaziy himoyachisi Rafael Varanda koronavirus aniqlangandi.
Ramos La Liga 2020/21-yilgi mavsumida 15 ta o‘yin o‘tkazib, ikkita gol urdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)