Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Maktabgacha ta’lim vazirligi hamda “Zamin” xalqaro jamoat fondi inklyuziv ta’lim uchun shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida memorandum imzoladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati

Foto: Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati

Memorandum nogironligi bor bolalarni qo‘llab-quvvatlash, ularni tiklash, reabilitatsiya qilish va jamiyatda o‘z o‘rnini topish uchun moslashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ham o‘z ichiga olgan.

“Eng ko‘p ko‘mak va e’tiborga muhtoj farzandlarimizga yana bir ijobiy qadamlarimiz bilan birgalikda ularning hayotini yorqin, qiziqarli, taassurotlarga boy qilamiz degan umiddaman. Muhimi, bunday bolajonlarimiz sifatli maktabgacha ta’lim olish huquqini ro‘yobga chiqarish imkoniga ega bo‘ladi”, — degan Agrippina Shin.

Xabarda aytilishicha, ikki tomon vakillari konferensiyalar, seminarlar, treninglar, ko‘rgazmalar, simpoziumlar va boshqa tadbirlar orqali o‘zaro manfaatli masalalar, turli loyiha va dasturlarni birgalikda amalga oshirish, maktabgacha ta’lim tizimi xodimlarining salohiyatini oshirishga kelishib oldi.

Eslatib o‘tamiz, “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi qonunda inklyuziv guruhlarga ega maktabgacha ta’lim tashkiloti tushunchasi kiritilgan. 2020-yil 23-sentabr kuni qabul qilingan yangi tahrirdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunga ham ilk bora “inklyuziv ta’lim” tushunchasi kiritildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Virtual kartalar nima va ulardan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish mumkin?
Dunyo
Twitter ofisida xodimlar uchun karavotlar paydo bo‘ldi, Ilon Mask avvalroq me’yoridan ortiqcha ish bo‘lishi haqida ogohlantirgandi
Mahalliy
Xorazmda ikki kishi is gazidan vafot etdi