O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi, uning avvalgi lavozimiga ham tayinlov amalga oshirildi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
Qayd etilishicha, bunga qadar investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari bo‘lgan Anvar Asamov qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi. U 2020-yilga qadar Bojxona raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.
Bojxona qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Baxtiyor Rahimov esa uning o‘rniga investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Bundan avval O‘zbekiston yoshlar ittifoqi raisi Sergeli tumani hokimining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangani, Samarqandning Nurobod tumaniga ayol kishi prokuror etib tayinlangani hamda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaga yangi rais tayinlangani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)