Futbol bo‘yicha Qozog‘iston Premyer Ligasi 4-turi doirasida “Aqto‘be” jamoasi 9-aprel, juma kuni o‘z maydonida “Ordabasi”ni qabul qildi.
Uchrashuvda tomonlar 8 ta gol urishga erishdi. Shulardan 4 tasi mezbonlar, yana 4 tasi esa mehmonlar hisobiga yozildi. “Aqto‘be” safida Igor Sergeyev, Yerkebulan Nurgaliyev, Rifat Nurmugamet, Mixal Yerjabek, “Ordabasi” safida esa Temirlan Yerlanov, Juan Paulo da Silva (2 ta) va Sergey Xichnichenko gol urishga erishdi.
Gap shundaki, “Aqto‘be” safida to‘p tepayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Igor Sergeyev mazkur bahsda maydon markazidan o‘ta kuchli zarba yo‘llab gol urishga erishdi. Futbolchi maydonda 81 daqiqa harakat qildi.
https://www.instagram.com/p/CNc6GstjqqI/
Eslatib o‘tamiz, Sergeyev 2021-yil fevralida “Aqto‘be” bilan erkin agent maqomida shartnoma imzolagan. Ungacha Igor “Paxtakor” sharafini himoya qilib kelayotgandi. Hujumchi aqto‘beliklar safida Qozog‘iston chempionatining 4 ta o‘yinida qatnashib, 2 ta gol urishga erishdi. Transfermarkt portali Sergeyevning ayni damdagi narxi 1,5 million yevro ekanligini ko‘rsatmoqda.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)